Diffuzion jarayonlar Reja 1. Molekulyar va turbulent diffuziyalar. 2. Modda berish jarayoni. 3. Modda o'tkazish jarayoni. Molekulyar va turbulent diffuziyalar. Moddaning bir faza ichida tarqalishi va bir fazadan ikkinchi fazaga o'tishi molekulyar diffuziya hamda turbulent diffuziya yo'li bilan boradi. Molekulyar diffuziya. Molekula, atom, ion va kolloid zarrachalarining tartibsiz issiqlik harakati ta'sirida moddaning tarqalishi molekulyar diffuziya deb ataladi. Qo'zHalmas muhitda, laminar oqimda va fazalarni ajratuvchi yuza yaqinida turbulent oqimda modda molekulyar diffuziya yordamida tarqaladi. Molekulyar diffuziya Fikning birinchi qonuni bilan ifodalanadi. Bu qonunga ko'ra, elementar yuza dF dan malum vaqt d davomida tarqalgan moddaning massasi dM uning kontsentratsiya gradienti dcdn ga to'g'ri proportsionaldir: yoki ( ) ifodaga asosan, yuza birligidan (F=1) vaqt birligi ichida (=1) moddaning molekulyar diffuziya bilan tarqalishi moddaning solishtirma oqimi (yoki molekulyar diffuziyaning) tezligi deb ataladi: Tenglamaning o'ng tomonidan minus ishora molekulyar diffuziyaning tarqaluvchi komponent kontsentratsiyasining kamayishi tomonga qarab borishini ko'rsatadi. Tenglamadagi proportsionallik koeffitsiyenti D molekulyar diffuziya koeffitsiyenti yoki diffuziya koeffitsiyenti deb ataladi. ( ) tenglamaga asosan diffuziya koeffitsiyentining o'lchov birligini aniqlaymiz: Diffuziya koeffitsiyenti yuza birligidan vaqt birligi ichida, kontsentratsiya gradienti birga teng bo'lganda tarqalgan moddaning massasini bildiradi. Molekulyar diffuziya koeffitsiyenti fizik o'zgarmas kattalik bo'lib, moddaning diffuziya yo'li bilan qo'zHalmas muhitga kirish qobiliyatini belgilaydi. Diffuziya koeffitsiyentining qiymati jarayonning gidrodinamik shart-sharoitlariga bog'liq emas. Diffuziya koeffitsiyenti tarqaluvchi modda va muhitning xossalariga, temperaturaga va bosimga bog'liq. Odatda diffuziya koeffitsiyenti temperaturaning ortishi va bosimning kamayishi (gazlar uchun) bilan ko'payadi. Har bir konkret sharoit uchun D ning qiymati tajariba yo'li bilan yoki tegishli tenglamalar yordamida aniqlanadi. Ko'pchilik moddalar uchun D ning qiymati spravochniklarda ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.32 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.32 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc