Difillobotrioz Difillobotrioz (diphyllobothriosis, Bothriocephallosis) - biogelmintoz oshqozon ichak traktining zararlanishi, organizmda allergik jarayonlar va anemiya rivojlanishi bilan xarakterlanuvchi kasallik hisoblanadi. Etiologiya. Lentasimonlarning 12 ta turi mavjud bo'lib, shulardan ko'proq amaliy ahamiyatga ega bo'lgani Diphylobothrium latum, uzunligi 2 mdan 10 m gacha bo'lib, tanasi 400 ga yaqin qismlardan iborat bo'lib, tashqi muhitga har kuni najas bilan ajralib turadigan 2 millionga yaqin tuxumlarni ajratib turadi. Bu gijja odam, cho'chqa va kuchuklar ichagida yashaydi va shilliq pardaga ikkita yorig'i (botriyasi) yordamida yopishgan bo'ladi. Gijjaning tuxumlari najas orqali tashqariga chiqariladi Tuxumlar tashqi muhitga 3-30 kun gacha saqlanadi, lekin faqat tashqi muhitda suvga tushgandagina rivojlanadi, 2-3 haftadan tashqi muhitdan, keyin ular birinchi oraliq xo'jayini (eshkakoyoqlilar qisqichbaqalarda) oraliq koratsidiylar chiqadi keyin ikkinchi oraliq xo'jayini bo'lgan baliqlarga tushadi (cho'rtan, olabug'a, sudak, oq baliq) va so'ngi xo'jayini odam oraganizmiga tushadi. Epidemiologiyasi. Difillobotrioz Kolsk yarim oroli, Karlein va Krasnoyar va boshqa regionlarda tarqalgan. Kasallik yaxshi pishirilmagan va tuzlanmagan ikra va baliq go'shtini istemol qilish natijasida yuqishi mumkin. Oxirgi xo'jayin bo'lib uy va yovvoyi hayvonlari (itlar, cho'chqalar, mushuklar, tulki va ayiqlar) kasallik tarqalishiga sababchi bo'lishadi. Patogenez. Kasallik rivojlanishida mexanik ta'sirlanish, organizm allergiyasi va megaloblastik anemiyaga olib keluvchi endogen gipo- va avitaminozning ahamiyati katta. Keng lentasimon gijja odam organizmiga ham mexanik va ham toksik-allergik ta'sir ko'rsatadi. Gijja so'rg'ichi yordamida ichak shilliq pardasini shimib yopishib oladi va pardaning nekroziga sabab bo'ladi. Gijja tanasidagi modda almashinuv jarayoni oqibatida hosil bo'lgan moddalar ta'sirida sensibilizatsiya va autosensibilizatsiya holati yuz beradi. Bu gijja invaziyasi 10 yilgacha cho'zilishi mumkin. Endogen V gipo- va avitaminozi yuzaga keladi. Bu ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.1 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.1 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc