Dinamik antropometriya

Dinamik antropometriya

O'quvchilarga / Tibbiyot
Dinamik antropometriya - rasmi

Material tavsifi

Dinamik antropometriya Reja: 1. Dinamik antropometriya haqida tushuncha. 2. Dinamik o'lcham belgilari. Yetakchi o'lcham belgilarini tanlash. 1. Dinamik antropometriya haqida tushuncha. Odam harakatlanganda sirtdan o'lchangan nuqtalar orasida masofalar uzluksiz o'zgarib turadi. Kiyim o'lchamlari tana o'lchamlaridan kichik bo'lsa, bu sohalarda gazlama tortishib qoladi va kiyim gavdaning sirti bo'ylab siljiydi. Odam bunday kiyimda o'zini noqo'lay sezadi. Kiyim uning harakatlarini siqib qo'yadi. Gavda o'lchamlari kiyim o'lchamlaridan kichik bo'lsa, gazlama erkin joylashadi, burma va qat-qat taxlar hosil bo'ladi. Statik holatda o'lchangan o'lcham belgilari statik o'lcham belgilari deyiladi. Boshqa holatlarda, ya'ni dinamik holatda olingan o'lcham dinamik o'lcham belgilari deyiladi. Statikada va dinamikada o'lchamlar bir xil nuqtalar orasida olib boriladi. Ilmiy tekshirish korxonalarida olib borilgan ishlar asosida dinamik belgilarni aniqlash qo'llanmasi ishlab chiqilgan. Bu qo'llanma bo'yicha quyidagi masala yechiladi: antropometrik nuqtalarni tanlash, harakatlar kompleksini aniqlash, gavdaning dinamikada o'lchanadigan joylarini tanlash, alohida o'lchamlarning o'lchov kattaliklarini dinamikada aniqlash, kiyim andozasini hisob-kitob qilishda qo'shimcha kattaliklarni hisobga olish. Programmani ishlab chiqishda va harakat komplekslarini tanlashda ularning eng ko'p uchraydiganlarini tanlash zarur. Eng ko'p uchraydigan harakat komplekslari - 19 ta (k.lab.ish). Dinamikada o'lcham belgilarining o'zgarishi ham ko'payish tomonga ham kamayish tomonga sodir bo'ladi. Ko'payish tomonga eng ko'p o'sishi - 10,81 sm., kamayish tomonga esa - 15,28 sm. (ko'krak aylanasi, gavda engashganda uzunliklari o'zgaradi). Aholi uchun ko'plab kiyim ishlab chiqarishda hammaning gavdasini o'lchab va har bir kishining razmerini aniqlashning iloji yo'q. Shunga ko'ra aholi o'rtasida qanday jussali odam ko'proq uchrasa, kiyimlar shunday kishilarga mo'ljallab tikiladi. Standartlarni jussalarning oqilona tuzilgan razmerli sistemasi tipologiya deyiladi. Razmerlar tipologiyasini oqiloka tuzish vazifasi mumkin qadar kamroq, jussalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.19 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.19 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga