Dori vositalarini turg'unlashtirishning zamonaviy aspektlari

Dori vositalarini turg'unlashtirishning zamonaviy aspektlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Dori vositalarini turg'unlashtirishning zamonaviy aspektlari - rasmi

Material tavsifi

Dori vositalarini turg'unlashtirishning zamonaviy aspektlari Reja: 1. Dori vositalarini turg'unligiga ta'sir etuvchi omillar 2. Dori shakllarida saqlash davomida kechadigan jarayonlar ta'rifi. 3. Dispers sistemalarning ( emulsion va suspenzion) turg'unligini oshirish zamonaviy usullari 4. Dori turlarini fizikaviy turg'unlashtirish usullari 5. Dorilar turg'unligini kimyoviy usullar bilan ta'minlashdagi muammolar Tayanch so'zlar: turg'unlik, liofillash, dispers sistemalarni turg'unlashtirish, mikrobiologik turg'unlik, kimyoviy turg'unlik 1. Dori vositalarini turg'unligiga ta'sir etuvchi omillar Dorilar turg'unligi bu preparatni malum vaqt davomida, farmakopeya yoki MTX da ko'rsatilgan fizik-kimyoviy, mikrobiologik xossalarini o'zgartirmaslik va farmakologik faolligini saqlab qolish xususiyati. hozirda dorilarni turg'unligini ta'minlash g'oyat muhim, dolzarb va kompleks texnologik masala hisoblanadi, chunki 90% ga yaqin dori moddalar alohida texnologik usullar yoki turg'unlashtiruvchilarni qo'llashni talab etadi. Dorilar turg'unligi bog'liq: Saqlash haroratiga; jihozlanishiga; Tashqi muhitga (yorug'lik, namlik); Tayyorlanish usuliga; Yordamchi moddalarga; Dori shakliga (agregat holati). Dorilar turg'unligi Fizikaviy Kimyoviy Mikrobiologik Dorilarni turg'unlashtirishning asosiy prinsipi dorilarni xossalarini o'zgartiruvchi omillarni maksimal bartaraf etish. Dori turlarini turg'unlashtirish -kompleks ( murakkab) muammo bo'lib, uni echilishi: 1. Dispers sistemalarni turg'unligini ( asosan emulsion va suspenzion); 2. Dorivor moddani ( kimyoviy birikmalarni) turg'unligini; 3. Mikrobiologik turg'unlik masalalarini o'rganishni talab etadi. Yuqoridagi tasnifdan kelib chiqqan holda dorilar turg'unligini ta'minlash masalasini yechishda quyidagi usullarni belgilash mumkin: 1. Fizik usulda turg'unlashtirish 2. Kimyoviy usullar. Maxsus yordamchi moddalarni dori shakliga kiritish ( konservantlar, antioksidantlar). 3. Kompleks usullarda. Fizik usulda turg'unlashtirish- asosiy mohiyati dori turini tashqi muhitning salbiy iasiridan himoya qilish. Tasnifi: ( yangi qaynatilgan suvni ishlatish, liofilizatsiya usullarini qo'llash, suvni uglerod dioksidi yoki inert gazlar bilan to'yintirish, inert gaz oqimida dori turini germetizatsiyalash, dori moddasini ...


Ochish
Joylangan 18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.35 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan 18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.35 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: 31.03.2025 [ 01:36 ] Arxiv ichida: doc
Tepaga