Dori-darmonlar bilan himoya qilish, antidotlar Reja: 1.Antidotlar - ziddi zahar moddalardir. 2.Shaxsiy dori quticha AI-2 tuzilishi, qo'llanilishi. 3.Kimyoga qarshi xaltacha IPP-8 tarkibi va ulardan foydalanish qoidalari. zaharlanishda ko'rsatiladigan yordam. ta'siri kuchli dori vositalari, shu jumladan o'simliklardan zaharlanish tasodifan yoki o'zining yoki birovning joniga qasd qilish oqibatida ro'y beradi. Bazan esa tibbiyot xodimlari xatosi tufayli yuz berishi mumkin. Bunday xollarda zudlik bilan tez yordam ko'rsatishga kirishiladi. Davolash usullariga qo'yidagi tadbirlar kiradi: zaharning qonga so'rilishni to'xtatish, uni zararsizlantirish, tanadan chiqarib yuborish, zaharlangan azo va to'qimalar faoliyatini tiklash (hayot uchun zarur a'zolar: markaziy nerv sistemasi, yurak, nafas, jigar, buyrak faoliyatini boshqarish). Teri va og'iz bo'shlig'i, ko'z shilliq qavatidan qonga so'rilib ulgurmagan zahar suv yordamida tozalanadi. zaharli modda ichga qabul qilingan bo'lsa, me'da 3-5 litr suv bilan chayiladi. zaharni parchalash maqsadida 0,1% kaliy permanganat eritmasi qo'llaniladi. Bemorning hushyor holatida 1% apomorfin yordamida qo'stirish mumkin. Behush holatida (narkoz, uxlatuvchi dorilar bilan zaharlanishda, apomorfin berilmaydi. Ichakdagi zaharli modda surgi dorilar yordamida tozalanadi, buning uchun magniy sulfat eritmasidan foydalaniladi. Shu bilan bir vaqtda adsorbentlar (shimib oluvchi vositalar faollashtirilgan ko'mir) qo'llash kutilgan natijalar beradi. zaharlanish nafas yo'li orqali (gazsimon, bug'simon moddalar) sodir bo'lsa, zaharlanganni toza havoga olib chiqish, kislorod berish va boshqa tadbirlar ko'rish zarur. zaharli moddalarni zararsizlantirish maqsadida unga zid bo'lgan turli moddalar (antidotlar) qo'llash tavsiya etiladi. Agar yod tutuvchi birikmalardan zaharlanish yuz bergan bo'lsa, 10% tiosulfat natriy ichish buyuriladi. Og'ir metall tuzlaridan zaharlanishda maxsus ziddizaharlar - unitiol, tetatsin kaltsiy, EDTA qo'llaniladi. Agar zaharlanishga sabab bo'lgan modda nomalum bo'lsa, vena qon tomirlariga polivinilpirrolidon yoki dekstranlar kiritiladi. Gemodez, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.62 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.62 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:36 ]
Arxiv ichida: doc