Dorilarning shakli, odam organizmiga ta'siri, qo'llash usullari REJA: 1.Dorishunoslik fani haqida tushuncha. 2.Dorixona haqida tushuncha. 3.Dori moddalarning shakli. 4.Odam organizmiga dori moddalarning ta'siri. 5.Dori moddalarni organizmga yuborish yo'llari. 6.Odam organizmga nisbatan zaharliligi darajasi bo'yicha dori moddalarning bo'linishi. 7.Dorilarni saqlash qoidalari. 8.Isitmani tushuradigan va og'riqsizlantiradigan dorilar. 9.Nerv tizimiga ta'sir etuvchi dorilar. 10.Yurak-qon tomir tizimiga ta'sir etuvchi dorilar. 11.Bachadonga ta'sir etuvchi dorilar. 12.Qon ketishni to'xtatadigan dorilar. 13.Mikroblarga qarshi qo'llaniladigan dorilar. Dorishunoslik fani va dorixona haqida tushuncha. Farmakologiya dorishunoslik fani degan ma'noni bildiradi. Dorishunoslik fani dori moddalarning olinishi, ishlab chiqarilishi, odam organizmiga ta'sirini o'rganuvchi fan. Dorixona. Dorixona (yunoncha-Apotheca-ombor) so'zidan olingan bo'lib, sog'liqni saqlash tizimiga qarashli muassasadir. Dorixonaning asosiy vazifasi aholini va davolash muassasalarini dori moddalari bilan ta'minlashdir. Dorixonada dori moddalar retseptlarga muvofiq tayyorlanadi. Bundan tashqari dorixonada retseptsiz beriladigan tayyor dorilar ham sotiladi. Dorixonada bemorlarni davolash jarayonida ishlatiladigan buyumlar, mineral suvlar, bog'lov materiallari, ko'zoynaklar va shu kabilar chakana mollar sifatida sotiladi. Dorixonalarning ikki turi bo'ladi: Birinchisi - ochiq turdagi dorixonalar (xo'jalik hisobidagi), bularda vrach yozib bergan retsept orqali beriladigan hamda retseptsiz beriladigan dorilar va tibbiy asboblar, buyumlar sotiladi. Ikkinchisi- yopiq turdagi dorixona bo'lib, shifoxonada tashkil etiladi va shifoxonada davolanayotgan bemorlarni dori moddalari bilan ta'minlaydi. Bu dorixonalarda shifoxona, davolash maskani shifokorlari buyurtmasi bo'yicha dori tayyorlanadi. Dori moddalarning shakllari. Dori moddalarining quyidagi shakllari bo'ladi: 1.Qattiq dori shakli: kukun, tabletka, draje, kapsula, granula. 2.Suyuq dori shakli: damlama, qaynatma, ekstrakt, nastoyka, emulsiya, suspenziya, ampula va flakonlarda chiqadigan suyuq dorilar. 3.Yumshoq dori shakli: malham, shamcha, pasta, liniment. Dori moddalarning odam organizmiga ta'siri. Dori moddalari odam organizmga quyidagicha ta'sir ko'rsatadi: ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.28 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.28 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: doc