Dorivor o'simliklar xomashyosini tayyorlash asoslari

Dorivor o'simliklar xomashyosini tayyorlash asoslari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Dorivor o'simliklar xomashyosini tayyorlash asoslari - rasmi

Material tavsifi

Dorivor o'simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari Reja: 1.Dorivor o'simliklar xom ashyosini tayyorlash ishini uyushtirish. 2.Dorivor o'simliklar xom ashyosini yig'ish. 3.Yig'ilgan xom ashyoni quritish. 4.Yig'ilgan xom ashyoni standart holga keltirish. 5.Xom ashyoni idishlarga joylashtirish (qadoqlash). 6.Xom ashyolarni transport vositalari bilan jo'natish. 7.Xom ashyoni saqlash. Tayanch iboralar: dorivor o'simliklar xom ashyosini tayyorlash, quritish, standart xoliga keltirish, qadoqlash ,asosiy dorivor o'simliklar ro'yxati. O'zbekiston tibbiyotida qo'llaniladigan dorivor vositalarning 38-40% ini o'simliklardan olinadigan preparatlar tashkil qiladi. Ba'zi og'ir kasalliklarni davolashda ishlatiladigan muhim ahamiyatli ayrim dorivor preparatlarni (yurak glikozidlar, qator alkaloidlar, terpenlar, saponinlar, steroid va fenolli birikmalar va boshqa biologik faol moddalar) shu vaqtgacha sintez yo'li bilan olib bo'lmadi. Ularni olish manbai hozircha faqat o'simliklar bo'lib qolmoqda. Farmatsevtika sanoati va dorixonalar ehtiyojini qondirish maqsadida har yili katta miqdorda dorivor o'simliklar mahsuloti tayyorlanadi. Mahsulotlar asosan yovvoyi holda o'sadigan dorivor o'simliklardan yig'iladi. Yil sayin dorivor o'simliklar mahsulotiga bo'lgan talab oshmoqda. SHuning uchun tayyorlanadigan mahsulotning miqdori ham oshmoqda. YOvvoyi holda o'sadigan dorivor o'simliklarning zahirasi har qancha ko'p bo'lmasin, yildan-yilga ko'payib borayotgan tayyorlash miqdorini qondirish hamda tabiiy sharoitda o'sadigan o'simliklarni saqlab qolish uchun ularni yig'ishni to'g'ri uyushtirilishi kerak hamda mahsulotlarning tayyorlashni ilmiy asoslangan qat'iy rejaga rioya qilingan holda olib borish zarurdir. Dorivor o'simliklarni tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi: 1. Dorivor o'simliklarni tayyorlash ishini uyushtirish. 2. Mahsulotni yig'ish. 3. Yig'ilgan mahsulotni quritish. 4. Yig'ilgan mahsulotni standart holiga keltirish. 5. Mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash). 6. Mahsulotlarni transport vositalari bilan jo'natish. 7. Dorivor mahsulotlarni saqlash. Dorivor o'simliklarni tayyorlashni o'z vaqtida to'g'ri uyushtirish juda katta ahamiyatga ega. Dorivor o'simliklarni tayyorlashni uyushtirishda quyidagilar bajariladi va tashkil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.02 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.02 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga