Dorivor o'simliklarni resursshunosligi to'g'risida tushuncha va uning vazifalari. Asosiy geobotanik va resursshunoslik atamalari. O'zbekiston florasini boyligi va xilma-xilligi Reja: 1.Resursshunoslik va uning tarixi xaqida tushuncha. 2.Botanik resursshunosligi oldida turgan asosiy masalalar. 3.O'zbekistonning ba'zi viloyatlarida o'sadigan dorivor o'simliklari. 4. Asosiy geobotanik va resursshunoslik atamalari. O'zbekiston relefini xar-xilligi tufayli, tuprog'i va o'simlik olami har xil bo'ladi. Eng pastki erlarda asosan cho'l o'simliklari tarqalgan. Erlari qum, taqirlardan iborat. Tuproq tarkibi yuqoriga qarab o'zgarib boraveradi. O'zbekistonda 4150 atrofida o'simliklar turlari uchraydi. O'sadigan yovvoyi o'simliklarni 700 ga yaqin turi dorivor hisoblanadi. O'zbekiston florasi o'simliklar olamida alohida o'ziga xos o'rin egallaydi. Muzliklar davridan so'ng hosil bo'lgan Arkto-alpiyskiy o'simliklar tog' va tog' yon bag'irlarini egallaydi. Bu o'simliklar tekislikdan tog' tomonga 1500-1700 metrgacha etib boradi. Janubiy pastroq zonalarda efemeroidlarga xos. Efemeroidlarni diferensiatsiyasi va ko'payishi asosan tuproq tarkibiga qarab boradi. Efemerlar yirik formatsiyalar hosil qiladi. Efemeroidlar formatsiyasi bilan bir qatorda tekislik, dasht, qir (step) formatsiyalari rivojlanib borgan. Dasht formatsiyalari boshqa erlardan farqliroq tog' va cho'l zonalariga kirib boradi. Tog' o'simliklari o'ziga xos farmatsiyalar xosil qiladi. Bu farmatsiyalarda uchraydigan assotsiatsiyalar ko'proq kserofit o'simliklardan iborat. Respublikamizda olib borilgan resursshunoslik ishlarini taxlil qilib, yovvoyi dorivor o'simliklarga boy 5 ta viloyatlar ajratib olingan: Samarqand, Jizzax, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari. Samarqand viloyati respublika markaziga joylashgan bo'lib, Zarafshon sohiliga kiradi. Hozirgi kunda viloyat 14 ta tumandan iborat. Samarqand viloyatini relefi asosida uchga bo'lish mumkin. - SHimoliy Nurota tog'lari yon bag'ri. - O'rtasi-Zarafshon sohillari. - Janubida-Zarafshon tog'ini adirlari. Nurota atrofidagi vodiylar cho'l zonasiga kiradi. Vodiyga xos farmatsiya- ermon- Artemisia diffusa (polыn raskidistaya). Farmatsiya tarkibiga kiruvchi assotsiyasiyalar: ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.66 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.66 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: doc