Dozimetrik qurilmalar. Radioaktivlik holat darajasini aniqlash

Dozimetrik qurilmalar. Radioaktivlik holat darajasini aniqlash

O'quvchilarga / Tibbiyot
Dozimetrik qurilmalar. Radioaktivlik holat darajasini aniqlash - rasmi

Material tavsifi

Dozimetrik qurilmalar. Radioaktivlik holat darajasini aniqlash Reja: Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda sanitariya qonun-qoidalar Dozimetrik qurilmalar Radiatsion nurlanishni qayd qilish detektorlari Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda sanitariya qonun-qoidalar Odatda, radiatsion nurlanish ko'rsatkichlari qiymati maxsus sezgir moslamalar - detektorlar yordamida aniqlanadi. Radiatsion nurlanishni qayd qilish detektori (indikator) - bu modda bilan bevosita ta'sirlashishi davomida ionlashtiruvchi nurlanishning mavjudligini aniqlash imkonini beruvchi obyekt hisoblanadi. Detektorning asosiy tavsiflari - samaradorlik (ionlashtiruvchi zarrachaning detektorga tushishi holatida uni aniqlash ehtimolligi darajasi), vaqtga bog'liq ruxsat etilish qiymati (aniqlash vaqti), qayta tiklanish vaqti (yana qaytadan foydalanish uchun yaroqli holatga kelish vaqti) kabilardan tashkil topadi. Gaz zaryadli Geyger hisoblagichi (Geyger kamerasi), Cherenkov hisoblagichi, «Vilson kamerasi», «Pufakchali kamera» ionizatsion detektorlar guruhi tarkibiga kiritiladi. Gaz razyadli hisoblagich qurilma - Geyger hisoblagichi (Geiger sensor) 1908-yilda Gans Geyger tomonidan ishlab chiqilgan va 1929-yilda Valter Myuller tomonidan takomillashtirilgan, shu sababli, Geyger-Myuller hisoblagichi deb nomlanadi. Bunda hisoblagich elektrodlariga 300-4001500-200 V gacha yuqori kuchlanish beriladi. Ionlashtiruvchi nurlanish zarrachalari gaz orqali o'tgan holatda hosil bo'lgan erkin elektronlar anodga tomon harakatlanadi va natijada ikkilamchi ionizatsiya jarayoni yuzaga keladi. Qo'zg'algan holatdagi atomlar statsionar holatga qaytishda esa - fotonlar ajralib chiqadi. Gaz zaryadli Geyger hisoblagichi ~100-200 mm simob ustuni bosimida gaz bilan to'ldirilgan shisha quvurdan tashkil topgan bo'lib, ingichka o'tkazgich ko'rinishidagi anod va quvur devoriga o'rnatilgan, silindr shaklidagi katodga ega bo'lib, bir necha 100 V kuchlanish beriladi. Zaryadlangan zarrachalar quvurga tushgan holatda gaz ionlanishi yuzaga keladi va hosil bo'lgan erkin elektronlar anodga tomon yo'nalishda harakatlanadi, natijada gaz muhitining ikkilamchi ionizatsiyasi yuzaga keladi, o'z navbatida elektr impulsi hosil bo'lishi qayd qilinadi. Vavilov-Cherenkov hisoblagich ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 9.29 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 9.29 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga