Ekstraksiya jarayoni Reja 1. Kattiq materiallarni ekstraksiyalash va eritish. 2. Qattiq va suyuq fazalarning o'zaro ta'sirlashish usullari. a) Cheklangan xajmli davriy jarayon. b) To'g'ri yoki qarama-qarshi yo'nalishli jarayonlar. v) Qo'zHalmas qatlamli jarayon. g) Mavhum qaynash qatlamli jarayon. 3. Ekstraksiyalash va eritish jarayonining tezligi. qattiq MATYeRIALLARNI EKSTRAKSIYALASh VA ERITISh ¶ovaksimon murakkab qattiq moddalar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni erituvchilar yordamida ajratib olish jarayoni qattiq jism - suyuqlik sistemasida ekstraksiyalash deb ataladi. Odatda, ajratib olinishi lozim bo'lgan komponent qattiq moddaning tarkibida qattiq yoki erigan holda bo'ladi. Jarayonni amalga oshirish uchun tegishli erituvchi tanlab olinadi. Ekstraksiyalash paytida kerakli komponent qattiq fazadan diffuziya orqali suyuq fazaga o'tadi, biroq bu protseseda murakkab qattiq moddaning skeleti o'zgarmay qoladi, yani u inert - tashuvchi vazifasini o'taydi. Qattiq moddalarni ekstraksiyalash jarayoni sanoatning turli tarmoqlarida ishlatiladi. Kimyo sanoatida ishqor, kislota va tuzlarni, oziq-ovqat sanoatida qand, o'simlik moylari, soklar, vita'minlarni, kimyo-farmatsevtika sanoatida turli dorivor moddalarni, gidrometallurgiyada esa rangli vanodir metallarni olishda ekstraksiyalash usullaridan keng foydalaniladi. Kimyoviy texnologiyada qattiq moddalarni suyuqlikda eritish jarayoni ham keng ishlatiladi. Qattiq moddaning suyuq fazaga to'la o'rishi eritish jarayoni deb ataladi. Bu jarayonda qattiq moddaning erimay qoladigan inert skeleti yo'q. Qattiq moddalarni ekstraksiyalash va eritish jarayonlarining umumiy va bir-biridan farq qiladigan tomonlari bor. Umumiy tomoni shundaki, ikkala jarayon ham qattiq modda - suyuqlik sistemasida olib boriladi. Bu jarayonlarning bir-biridan farqini quyidagicha tushuntirish mumkin. Ekstrakqiyalash jarayoni ikki bosqich: moddaning qattiq zarrachalari ichki qismidan tashri yuzasiga diffuziya yo'li bilan o'tishi; moddaning diffuziya jarayoni tufayli qattiq zarracha yuzasidan chegara qatlam orqali suyuqlikning asosiy massasiga o'tishidan iborat. Eritish jarayonining ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.87 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.87 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: doc