Elekrotravma. Kuyish. Kuyish tasnifi, termik kuyish Yuqori harorat (termik kuyish) kimyoviy moddalar (kimyoviy), elektr toki (elektrdan) va nur energiyasi (nurdan) ta'siridan kelib chiqqan to'qimalarning shikastlanishiga kuyish, deyiladi. Kuchli kuyishlarda bemorda jiddiy umumiy buzilishlar kuzatiladi va kuyish kasalligi rivojlanadi. Termik kuyish. Termik kuyish badanga yuqori harorat (alanga, qaynagan suv, yonib turgan va issiq suyuqliklar, gazlar, cho'g' bo'lgan va eritilgan metallar va hokazo)ning bevosita ta'siridan paydo bo'ladi. Shikastlanishining og'ir-yengilligi ta'sir qilayotgan haroratning balandligi, ta'sir qilish muddati, kuygan sohaning katta-kichikligi va kuygan sohaga bog'liq. Bosim ostidagi alanga va bug' ta'sirida, ayniqsa, og'ir kuyish hodisalari yuz beradi. Bu holda atmosfera bilan tutashadigan og'iz bo'shJig'i, traxeya va boshqa a'zolar kuyishi mumkin. Aksari qo'1-oyoq, ko'z, kamroq - gavda va bosh kuyadi. Kuyishning og'ir-yengilligi uning qancha joyga tarqalganligiga va tananing qanday chuqurlikda shikastlanganligiga bog'liq. Kuygan soha nechog'lik katta va shikastlanish chuqur bo'lsa, bemor hayoti uchun xavf-xatar shunchalik katta bo'ladi. Tananing 13 qismi kuyganda ko'pincha bemor halok bo'ladi. Shikastlangan sohaning chuqurligiga ko'ra, kuyishning to'rt darajasi farq qilinadi I darajali kuyish (eritema) terming qizarishi, shishi va og'riq bilan yuzaga chiqadi. Kuyishning bu yengil darajasi terida yal-lig'lanishning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Yallig'lanish hodisalari birmuncha tez (3-6) kunda о'tib ketadi. Kuygan sohada pigmentatsiya qoladi, keyingi kunlarda terming po'st tashlashi kuzatiladi. II darajali kuyish pufaklar paydo bo'lishi bilan xarakterlanadi (bullyoz shakl). Kuyishning bu darajasida birmuncha yallig'lanish yuzaga chiqadi. Talaygina suyuqlik yuzaga chiqishiga ko'ra, u epidermis ostiga yig'iladi va epidermisni ko'chirib pufaklar hosil qiladi. Pufaklar kuyishdan keyin bir necha daqiqa o'tgach, ba'zan esa, ertasiga paydo bo'lishi mumkin. Terining yuza qatlami (epidermal) qavati jonsizlanadi. Pufak ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
899.3 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
899.3 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: ppt