Elektrolitlar va tuzlar muvozanatini buzilishi patofiziologiyasi Reja: Turli xil elektrolitlar balansining o'zgarishi Kislota-ishqoriy mutadil muhitni buzilishi. Inson tanasining 50-70%-ni suv tashkil etadi. Shuni 13 qismi hujayralar tashqarisida, yani ekstratsellyular (ETsP) muhit yoki holatda, 23 qismi esa hujayralar ichida (ITsP) holatda bo'ladi. Interstitsial suyuqlik bilan plazma hujayra suyuqligining 1:2 nisbatiga teng. «Insonni o'zi yurib turgan suvli eritmadir», chunki inson tanasining 65-70%-ni suv tashkil etadi. Agar tanadagi suvning miqdori 10-20%-ga kamaysa odam o'ladi…! Turli xil elektrolitlar balansining o'zgarishi asosan ETsP bog'liq. Agarda Na kontsentratsiyasiga bog'liq osmolyarlik holati o'zgarmasa ITsP-ni xajmi ham o'zgarmaydi. Bordiyu Na-ni kontsentratsiyasi normadagi 136 mmoll. dan -144 mmoll gacha miqdordan kamaysa yoki ko'paysa, shunga yarasha osmolyarlik holati xam o'zgaradi. Shunda hujayra ichidagi suyuqlik xajmi (ITsP) ham o'zgaradi. hujayra tashqarisidagi Na kontsentratsiyasi to'la qonli Na-ga bog'liq suv balansiga moslashadi. ETsP osmolyarlikni yatrogen (noo'rin, noto'g'ri) yo'l bilan oshirishda to'qimalar suvsizlanib qolishi mumkin. Masalan: glyukoza yoki manitolni organizmga quyilganda suv ITsP-dan ETsP-ga o'tadi, yani hujayra suvsizlanadi. Lekin mochevina yoki etanol ETsP va ITsP-da bir xil tarqaladi. Shuning uchun ular osmolyarlik holatiga va ITsP-dagi suyuqlik xajmiga ta'sir etmaydi. Izotonik NaCl eritmasini ITsP-ga yuborilganda organizmdagi suvlarni hujayra ichiga kirishi yoki chiqishi o'zgarmaydi shuning uchun ITsP xajmi xam o'zgarmaydi. Izotonik NaCl eritmasini ETsPga yuborilganda ETsP-ni suyuqlik xajmidagi suv miqdori oshib, u ITsP-ga o'tadi va uni xajmini oshiradi. Gipertonik NaCl eritmasi yuborilganda esa aksincha suvni diffuziyasi yuzaga chiqadi va suv hujayradan tashqariga chiqadi. Bu esa ITsP-dagi suyuqlik xajmini kamaytiradi. hujayra tashqarisidagi osmolyarlik holati suyuqlikning yo'qotish turiga va uni boshqarish mexanizmiga ham bog'liq: yani suvsoqish, ko'p suyuqlik ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.08 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.08 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: doc