Embrional taraqqiyot

Embrional taraqqiyot

O'quvchilarga / Tibbiyot
Embrional taraqqiyot - rasmi

Material tavsifi

Embrional taraqqiyot Reja: Progenez. Erkaklar jinsiy hujayralarining tuzilishi. Ayollar jinsiy hujayralari. (tuxum hujayra). Homilaning provizor a'zolari. Embriogenez - ontogenezning tarkibiy qismlaridan biridir. Ontogenez quyidagi davrlardan iborat: 1) progenez; 2) embriogenez; 3) postnatal davr. Progenez - jinsiy hujayralarning etilish davri, embriogenez - jinsiy hujayralar urug'lanib, zigota xosil bo'lgandan to tug'ilguncha bo'lgan davr, postnatal davr - bola tug'ilgandan keyingi davr. Odamda embriogenez davri 280 kun davom etadi. Embriogenez 3 davrga bo'linadi: 1) boshlang'ich davr (1-xafta); 2) embrional davr (2-8-xafta) va 3) xomila davri (9-40-xafta). Progenez. Erkaklar jinsiy hujayralarining tuzilishi. Spermatozoid uzunligi 70 mkm atrofida bo'lib, bosh va dum qismlardan iborat. Boshchasi cho'ziq shaklli yadro tutadi. Yadroning oldingi qismi g'ilof (akroblast) bilan o'ralgan. Akroblastning markazida akrosoma joylashgan, va u gialorunidaza, tripsin, proteazы, fosfatazы fermentlarini tutadi. Sitolemmasida androgamon I- va androgamon II-lar joylashgan. Androgamon I - kimyoviy moda bo'lib, u ajralganda spermatozoidlarning xarakati to'xtaydi; androgamon II - kimyoviy modda bo'lib, u tuxum hujayraning ginogamon II Bilan qo'shilganda, spermatozoid xarakatdan to'xtaydi va o'ladi. Spermatozoidning boshchasi yupqa sitoplazma bilan o'ralgan. Uni qoplab turuvchi sitolemma glikoziltransferaza fermentini saqlaydi, bu ferment spermatozoidning tuxum hujayra retseptorlari bilan birikishini ta'minlovchi retseptorning asosini tashkil qiladi. Dum qismi quyidagi bo'limlardan iborat: 1) bo'yin; 2) oraliq; 3) asosiy; 4) terminal. Bo'yin qismi proksimal sentriola va distal sentriolaning proksimal xalkasi orasida joylashgan. Oraliq qismi distal sentriolaning ikkita xalkasi orasida joylashgan. Bu erda spiralsimon yo'nalgan mitoxondriyalar mavjud. Mitoxondriyalar energiya ajratib, spermatozoidning harakatini ta'minlaydi. Asosiy qismi oraliq qismdan davom etib, yupqa parda bilan qoplangan va keskin chegarasiz terminal qismga o'tadi. Spermatozoid ustki tomondan glikokaliks bilan qoplangan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.71 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.71 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga