endokrin SISTYeMANING MARKAZIY A'ZOLARI o'quv mashg'ulotINING maqsadI: endokrin SISTYeMASI haqida UMUMIY MALUMOT BYeRISh. endokrin SISTYeMANING MARKAZIY AZOLARINING TUZILIShI, taraqqiyotI VA VAZIFALARI BILAN TANIShTIRISh. URGANILADIGAN SAVOLLAR: endokrin sistemaning umumiy tasnifii Gipofiz taraqqiyoti Gipofizning tuzilishi Gipotalamo-gipofizar bog'lanish O'zining sekretor mahsulotini qonga ajratadigan bezlarga endokrin bezlar deb ataladi. Bu mahsulotlar yoki gormonlar turli a'zolardagi malum hujayralarga tanlab ta'sir o'tkazadi, bu hujayralar gormonlar uchun maxsus retseptorlarga ega. Masalan, adrenalin turli a'zolardagi silliq mushak to'qimasiga turlicha ta'sir o'tkazadi. U teri qon-tomirlarini qisqartirsa, bronx tomirlarini kengaytiradi. Shunga o'xshash turli effektlarning bo'lishi ikki xil retseptorlarning borligi bilan tushuntiriladi: alfa va betta, ular adrenalinning ta'sirini qarama-qarshi qabul qiladi. Ko'plab gormonlar nishon hujayralarga bilvosita ta'sir ko'rsatadi, yani shu hujayralardagi ATFdan hosil bo'lgan siklik AMF orqali. U gormonga javoban reaksiyani stimullaydi. Gormonlarning ortiqcha yoki etarli bo'lmagan sekretsiyasi har bir gormon uchun xos bo'lgan simptomatikani chaqiradi: o'sishning orqada qolishi, jinsiy balog'atning kechiqishi yoki aksincha infantilizim, moddalar almashinuvining buzilishi, diabet. Bunaqa holatlarda davolash etishmagan gormonlarni ekzogen kiritishga asoslanadi, hamda uning sintezini stimullash yoki ingibirlash yordamida amalga oshiriladi. Gormonlarning sekretsiyasi teskari manfiy bog'liqlik prinsipiga asoslanib boshqariladi, yani qondagi gormonlarning miqdorining oshishi yoki kamayishi, bevosita yoki bilvosita gipofiz gormonlari orqali ushbu gormonlar sintezining pasayishi yoki stimullanishiga yo'naltirilgan mexanizmlarni ishga tushiradi. Kimyoviy tarkibiga ko'ra gormonlar farqlanadi: oqsil tabiatli (polipeptidli), unchalik ko'p bo'lmagan lipidlar, glikoproteinlar, steroidlar, aminlar, yodtirotenlar. Gormonlarning ko'p qismini polipeptidlar va steroidlar tashkil qiladi. Endokrin sistemaga markaziy boshqaruvchi bezlar: (gipofiz, epifiz, gipotalamus) va periferik bezlar (qalqonsimon, qalqon oldi va buyrak usti bezlari), bundan tashqari qisman endokrin funksiyani bajaruvchi a'zolar (timus, me'da osti bezi) va ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.12 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.12 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: ppt