Endokrin sistemasi kasallik sabablari, turlari va sotsial gigiyenik muammolari

Endokrin sistemasi kasallik sabablari, turlari va sotsial gigiyenik muammolari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Endokrin sistemasi kasallik sabablari, turlari va sotsial gigiyenik muammolari - rasmi

Material tavsifi

Endokrin sistemasi kasallik sabablari, turlari va sotsial gigiyenik muammolari. . Reja: Endokrin sistemasi kasallik sabablari, turlari va mehanizmi. Endokrin sistema faoliyati buzilishining asosiy sabablari. Endokrin sistemasi funksiyasi buzilishini chaqiruvchi etiologik omillar xilma-xildir. Ko'pincha endokrin sistemasi asab faoliyatining birlamchi buzilishi natijasida paydo bo'ladi. Ruhiy-asab shikastlanishlari natijasida oliy asab sistemasining buzilishi, qalqonsimon bez kasalligiga, Bazedov kasalligiga yoki me'da osti bezi shikastlanishiga va qandli diabetga olib kelishi mumkin. Endrokrin bez faoliyatining buzilishi bosh miya po'stloq qismi va unga yaqin po'stloq osti markazlarining yallig'lanish jarayonlari, travmalari, qon quyilishlari, yoki miya tomirlari trombozi rivojlanishi natijasida kelib chiqadi. Ana shu jarayonlar ko'pincha gipotalamusni qamrashi mumkin. Endokrin buzilishlarining ikkinchi muhim mexanizmiga endokrin sistema ichida o'zaro munosabatining buzilishi, ya'ni endokrin bezlar va ularning gormonlari bog'lanishlarining buzilishi kiradi. Endokrin sistemasining normal faoliyati asosida bezlar o'rtasida musbat va manfiy bog'lanishlar yotadi. Musbat bog'lanish misoliga qaysidir trop (oziqlantiruvchi) gormoni periferik endokrin beziga nisbatan rag'batlantiruvchi ta'siri, masalan adeno-gipofizning TTG gormoni qalqonsimon bezga ta'sirini (bevosita musbat bog'lanish) ko'rsatish mumkin. Manfiy bog'lanish misoliga qalqonsimon bez gormonining, jumladan troksinni adenogipofizga susaytiruvchi ta'siri va TTG ishlab chiqarilishi kamayishini ko'rsatish mumkin (manfiy teskari bog'lanishi). Bu bog'lanishlar muhim moslashuv ahamiyatiga ega bo'ladi. Masalan, organizmga stress omillar ta'sir etilishida adenogipofiz tomonidan AKTG ishlab chiqarilish kuchayadi. ENDOKRIN BEZLAR KASALLIKLARI Gipoflz kasalligi Gipofiz - asab va endokrin sistemalarini bog'lovchi inkretor organdir. U gormonlar ishlaydi, o'zida ularni zaxira holda saqlaydi va ajratadi. Adenogipofizda jinsiy balog'atga yetishni, homilador-likni normal kechishi belgilovchi bir guruh trop gormonlar, organlarning proporsional o'sishini ta'minlovchi follikulani rag'batlantiruvchi gormon (FSG) lyutinlovchi (sui ajralishini rag'batlantiruvchi), (LG), (AKTG), (adrenokor-tikotrop) tireotrop gormon-TTG va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 739.64 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 739.64 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga