Endokrin tizim fiziologiyasi

Endokrin tizim fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Endokrin tizim fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Endokrin tizim fiziologiyasi Reja: Gipofiz va uning gormonlari. Adenogipofiz gormonlari tomonidan nazorat qilinadigan endokrin bezlar Gipofiz va uning gormonlari. Gipofiz, yoki miyaning pastki o'simtasi endokrin bez hisoblanib, uning funksiyasi gipotalamik gormonlar tomonidan boshqariladi. Shundan kelib chiqqan holda, gipofiz organizmni muvofiqlashtiruvchi tizimining asab va endokrin komponentlarini bog'lovchi muhim boshqaruv markazdir. Embriogenez davrida gipofiz ikkita har xil kurtakdan hosil bo'lgan. Oraliq miya voronkasining tubidan neyrogipofiz shakllangan bo'lib, u, yuksak umurtqalilarda gipofizning o'rtadagi tepaligidan, oyoqchalaridan yoki shohchalaridan va orqa (asab) sohasidan iborat. Bezli soha yoki adenogipofiz, oldingi ichakning oldiga turtib chiqqan epitelial qopqog'idan rivojlanadi. Rivojlanish jarayonida bu ikkala qismni bitta a'zoga birlashishi sodir bo'lgan. Adenogipofizda oldingi yoki distal va oraliq sohalar farqlanadi. Ko'pchilik sut emizuvchilarda oraliq soha sust rivojlangan, qushlarda esa umuman bo'lmaydi. Bir qator umurtqalilarda tuberal soha ham mavjud (7.2-rasm). Rasm.7.2. Sut emizuvchilar gipofizining tuzilishi: 1-distal soha, 2-tuberal, 3-asabli, 4-oraliq soha. Odam va ko'pchilik umurtqalilarning gipofizida ettita gormon ishlab chiqariladi, shulardan to'rttasi periferik endokrin bezlarga ta'sir ko'rsatadi va trop gormonlar deyiladi, uchtasi - efferent gormonlar bo'lib, to'g'ridan-to'g'ri a'zo va to'qimalarga (nishonlarga) ta'sir qiladi. Trop gormonlarga - follikulni rag'batlantiruvchi gormon (FRG), lyuteinlovchi gormon (LG), tireotrop gormon (TTG), adrenokortikotrop gormon (AKTG) kiradi. Effektor gormonlarga - o'sish gormoni, samototrop gormon (o'G, STG), prolaktin (lyuteotrop gormon) (PRL, LTG), melanotsitlarni rag'batlantiruvchi gormon (MRG) kiradi. Adenogipofizda - atsidofil, bazofil va xromofob hujayralar farqlanib, ular o'ziga mos ravishdagi gormonlarni sintezlaydi. Atsidofil hujayralar o'sish gormoni va prolaktin, bazofil hujayralar - gonadotrop gormonlar (FRG va LG) va tireotrop gormonlar ishlab chiqaradi, xromofob hujayralar esa atsidofil va bazofil hujayralarning oldingi ko'rinishi bo'lsa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 519.97 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 519.97 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga