Endokrin tizimi Reja: Endokrin tizimining markaziy a'zolari. Gipotalamo - gipofizar munosabat. Periferik endokrin bezlar. Qalqonsimon oldi bezi. Buyrak usti bezi. O'zining sekretor mahsulotini qonga ajratadigan bezlarga endokrin bezlar deb ataladi. Bu mahsulotlar yoki gormonlar turli a'zolardagi ma'lum hujayralarga tanlab ta'sir o'tkazadi, bu hujayralar gormonlar uchun maxsus retseptorlarga ega. Masalan, adrenalin turli a'zolardagi silliq mushak to'qimasiga turlicha ta'sir o'tkazadi. U teri qon-tomirlarini qisqartirsa, bronx tomirlarini kengaytiradi. Shunga o'xshash turli effektlarning bo'lishi ikki xil retseptorlarning borligi bilan tushuntiriladi: alfa va betta, ular adrenalinning ta'sirini qarama-qarshi qabul qiladi. Ko'plab gormonlar nishon hujayralarga bilvosita ta'sir ko'rsatadi, ya'ni shu hujayralardagi ATFdan hosil bo'lgan siklik AMF orqali. U gormonga javoban reaksiyani stimullaydi. Gormonlarning ortiqcha yoki etarli bo'lmagan sekretsiyasi har bir gormon uchun xos bo'lgan simptomatikani chaqiradi: o'sishning orqada qolishi, jinsiy balog'atning kechiqishi yoki aksincha infantilizim, moddalar almashinuvining buzilishi, diabet. Bunaqa holatlarda davolash etishmagan gormonlarni ekzogen kiritishga asoslanadi, hamda uning sintezini stimullash yoki ingibirlash yordamida amalga oshiriladi. Gormonlarning sekretsiyasi teskari manfiy bog'liqlik prinsipiga asoslanib boshqariladi, ya'ni qondagi gormonlarning miqdorining oshishi yoki kamayishi, bevosita yoki bilvosita gipofiz gormonlari orqali ushbu gormonlar sintezining pasayishi yoki stimullanishiga yo'naltirilgan mexanizmlarni ishga tushiradi. Kimyoviy tarkibiga ko'ra gormonlar farqlanadi: oqsil tabiatli (polipeptidli), unchalik ko'p bo'lmagan lipidlar, glikoproteinlar, steroidlar, aminlar, yodtirotenlar. Gormonlarning ko'p qismini polipeptidlar va steroidlar tashkil qiladi. Endokrin sistemaga markaziy boshqaruvchi bezlar: (gipofiz, epifiz, gipotalamus) va periferik bezlar (qalqonsimon, qalqon oldi va buyrak usti bezlari), bundan tashqari qisman endokrin funksiyani bajaruvchi a'zolar (timus, me'da osti bezi) va diffuz endokrin sistemaga taalluqli ichki a'zolarda joylashgan yakka endokrin hujayralari kiradi. Endokrin tizimining markaziy a'zolari. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.46 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.46 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: doc