Endoservitsit sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash, asoratlari, oldini olish

Endoservitsit sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash, asoratlari, oldini olish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Endoservitsit sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash, asoratlari, oldini olish - rasmi

Material tavsifi

ENDOSERVITSIT - SABABLARI, ALOMATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH, ASORATLARI, OLDINI OLISH Endoservitsit shartli patogen mikroorganizmlar yoki JYYI qo'zg'atuvchilari tomonidan chaqirilgan servikal kanal shilliq qavatining yallig'lanishi. Kasallikning asosiy klinik ko'rinishi qindan chiqadigan ko'p ajralmalar bo'lib, bu alomat tinchlik holatida yoki jinsiy aloqa vaqtida qorinning pastki qismida va belda paydo bo'ladigan og'riq bilan birgalikda kuzatilishi mumkin. Tashxis qo'yish uchun ko'zgular bilan ko'rish, servikal surtmani tekshirish, kengaytirilgan kolposkopiya, kichik tos a'zolarining ultratovush tekshiruvidan foydalaniladi. Etiopatogenetik davolash mikroblarga qarshi preparatlar va qin mikroflorasini, immunitetni va gormonal fonni normalizatsiya qiluvchi vositalaridan foydalanishga asoslangan. ENDOSERVITSIT Endoservitsit (lot. endocervicitis) - reproduktiv yoshdagi (20 dan 40 yosh) bemorlarda aniqlanadigan eng keng tarqalgan ginekologik kasalliklardan biri. Statistik ma'lumotlarga ko'ra (2012 PubMed), ayollarning yarmida hayoti davomida kamida bir marta servikal kanalning yallig'lanishi kuzatilgan. Shu bilan birga, bemorlarning 70% ga yaqin qismida yallig'lanish jarayoni nospetsifikdir. ENDOSERVITSIT YUZAGA KELISHINING SABABLARI Endoserviks yallig'lanishining asosiy sababi - servikal kanal shilliq qavatining turli infektsion agentlar bilan zararlanishi. Yallig'lanish qo'zg'atuvchilari sifatida ham shartli patogen mikroorganizmlar (qorinebakteriyalar, stafilokokklar, streptokokklar, bakteroidlar, ichak tayoqchasi va hokazo), ham JYYI agentlari (genital gerpes, xlamidiyalar, trixomonadalar, urea- va mikoplazmalar, gonokokklar va hokazo) xizmat qiladi. Endoservitsit rivojlanishida turtki bo'luvchi omillar roli infektsiyadan qolishmaydi: Kichik tos a'zolarida mavjud yallig'lanish - vulvovaginit, endometrit, adneksit, sistit. Invaziv diagnostik muolajalar, abort, tug'ruq davomida servikal kanalning travmatik jarohatlanishi. Bachadon ichi spirali (BIS), kimyoviy spermitsidlarni qo'llash, sifati past lateksdan tayyorlangan prezervativlar, servikal qalpoqchalar va diafragmalar, kislotalar bilan chayish tufayli allergik reaksiyalar yoki ta'sirlanish. Klimaks davrida estrogen darajasining pasayishi hisobiga atrofik o'zgarishlar. Qin va bachadon bo'yni prolapsida ayol ichki jinsiy a'zolari joyining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 447.69 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 447.69 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga