Endoskopik tekshirish usullari

Endoskopik tekshirish usullari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Endoskopik tekshirish usullari - rasmi

Material tavsifi

Endoskopik tekshirish usullari Reja: Bolalarda otoskopiyani amalga oshirishning xususiyatlari. Quloq holatiga an'anaviy integratsiya sxema ma'lumotlari. Anamnez yig'ilib, tashqi tekshiruv va paypaslash bajarilgandan keyin tashqi eshitish yo'li, nog'ora pardasi va uning teshilishida esa qisman nog'ora bo'shlig'i ham ko'riladi. Ushbu tekshiruv otoskopiya (endoskopik tekshirish usullaridan biri) deb nomlanadi. Eng oddiy otoskopiyani o'tkazish uchun sizga yorug'lik manbai, pesxona reflektori va quloq voronkasi kerak bo'ladi. Yorug'lik manbai sifatida (rasm) 40-60 Vt quvvatga ega oddiy stol chirog'idan foydalanish mumkin, vaholanki egiluvchan shtativga o'rnatilgan maxsus chiroqlardan foydalanish qulayroq. Chiroq bolaning o'ng qulog'i yaqiniga joylashtiriladi. Tekshiruvni qorong'ilashtirilgan xonada amalga oshirish maqsadga muvofiq sanaladi. Rasm. Nog'ora pardasini otoskopiya tekshiruvi sxemasi. Aks etayotgan nurni olish uchun odatda pesxona reflektoridan foydalaniladi (rasm). Bu fokus masofasi taxminan 30 sm bo'lgan bir oz botiq oynali (shisha yoki yoki yaxshi silliqlangan metall) asbob. Otoskopiya paytida tekshirilayotgan bolaning qulog'ini juda yaqin yoki uzoqroq qo'ymaslik kerak, chunki fokus nuqtasi xiralashadi. Reflektorning o'rtasida teshik mavjud, chunki stereoskopik qabul uchun binokulyar ko'rik zarur. Yangi ish boshlagan shifokorlar uchun bu bir oz qiyinroq, shu sababli amaliyot boshida o'zini nazorat qilish uchun ikkinchi bo'sh ko'zni kaft bilan yopib turish zarur. Rasm. Pesxona reflektori. Pesxona reflektori, odatda, oynani tezda siljitish imkonini beruvchi va osongina boshqariladigan sharnirli ko'zgu bilan bog'langan maxsus bog'lovga (mato yoki plastmassadan qilingan) ega. Qizig'i shundaki, birinchi ixtiro qilingan reflektorlarda bog'lov o'rnida dastak, bazida esa maxsus plastina bo'lgan, uni vrach tishida ushlab turgan. Albatta, bu juda noqulay bo'lgan, ayniqsa muolajalar o'tkazish paytida. Rasm. Otoskopiya. So'nggi paytlarda echiladigan quloq voronkalari bilan birlashtirilgan oddiy yoritish moslamalari yordamidagi otoskopiya keng qo'llanilmoqda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 196.13 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 196.13 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga