Energiya va moddalar almashinuvi

Energiya va moddalar almashinuvi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Energiya va moddalar almashinuvi - rasmi

Material tavsifi

Energiya va moddalar almashinuvi Reja: Moddalar almashinuvining mohiyati. Almashinuv jarayonlarining o'lchovlari. Issiqlik almashinuvi va tana haroratini boshqarish. Moddalar almashinuvining mohiyati. Yashash uchun organizm faoliyat ko'rsatishi kerak. Bir hujayrali mikroblardan tortib, to yuksak hayvonlar va odam organizmi ham, uzluksiz turli ishlarni bajarishi shart. Bunday ishlar: 1) mexanik ish - harakat, ya'ni hayvonlar mushagining qisqarishi yoki bakteriya qivchinining aylanma harakati paytida; 2) kimyoviy ish - hujayralarda murakkab birikmalarni sintezlanishi paytida; 3) elektr ish - protoplazma va tashqi muhit o'rtasida potentsiallarning farqini hosil qilish paytida; 4) osmotik ish - tashqi muhitdan o'zida kam bo'lgan moddalarni hujayra ichiga, bu yerda o'sha moddalar ko'p bo'lsa tashariga o'tkazish paytida sodir bo'ladi. Nomlari ko'rsatilgan asosiy 4 tip ishdan tashqari, issiqqonli hayvonlarda, atrof-muhit haroratini pasayishiga nisbatan, issiqlik ishlab chiqarish hamda yorug'lik tarqatadigan organizmlarda yorug'lik ishlab chiqarish bajariladigan ishlar ham mavjud. Buning hammasi energiya sarflanishini talab qiladi va bu energiya, u yoki bu tashqi energetik manbaidan olinadi. Biosfera uchun birlamchi energiya quyosh nuri hisoblanadi. Quyosh nurlari fotosintez jarayoni o'tadigan tirik organizmlar, ya'ni yashil o'simliklar va ayrim bakteriyalar tomonidan o'zlashtiriladi. Bu organizmlar tomonidan hosil qilinadigan biopolimerlar (uglevodlar, oqsillar, yog'lar), keyinchalik «yonilg'i» sifatida barcha geterotrof organizmlar, ya'ni hayvonlar, zamburug''lar va ko'pchilik tur bakteriyalar tomonidan foydalaniladi. Energetik almashinuv - organizmda kimyoviy energiyadan foydalanish jarayoni bo'lib, aynan shu ko'rsatgich organizmning umumiy holati va fiziologik faolligini belgilaydi. Almashinuv yoki metabolik jarayonlar paytida, qabul qilingan ovqat mahsulotlaridan, organizmning o'ziga xos elementlarni sintezlashi - anabolizm deb atalsa, metabolik jarayonlar paytida organizmning tarkibiy tuzilmalari elementlarini yoki qabul qilingan oziqa mahsulotlarni parchalanishi - katabolizm deb ataladi (12.! - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.22 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.22 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga