Enterobioz - rasmi

Material tavsifi

Enterobioz Reja: Etiologiyasi. Epidemiologiyasi: Patogenezi. Profilaktikasi. Enterobioz asosan peroral yo'quvchi, qichishish va ichaklar buzilishi bilan xarakterlanuvchi gelmintozdir. O'tmishdan malum bo'lgan va hamma yerda tarqalgan. Etiologiyasi. Enterobioz qo'zg'atuvchisi gijja Enterrobius vermicularis seu Oxyuris vermicularis. Gijja kulrang, oq rangdagi yumaloq gelmint bo'lib, tanasining oxiri nisbatan ingichka, erkagi (samets) 2-5mm urg'ochisi (samka) 9-12 mm uzunlikda. Gijja tuxumi 2 konturli qobiqli asimmetrik bo'lib o'lchami 0,050 - 0,060x0,02-0,03 mm.ga teng (12-rasm). Gijja ingichka ichak keng pastki qismida, ko'richakda va chambarichakning boshlang'ich qismida parazitlik qiladi. Urg'ochi gijja to'g'ri ichakka tushib faol ravishda orqa chiqaruv yo'liga chiqadi va uning atrofiga urug' qo'yib o'zi halok bo'ladi. Gijjalarning odam organizmidagi umumiy hayot davri 3-4 haftadan oshmaydi. Epidemiologiyasi: Invaziya manbai fakatgina gijja bilan kasallangan odam. Urg'ochi gijja bemor terisiga qo'ygan tuxumlar 4-6 soatdan keyin etilib, invaziya xususiyatiga ega bo'ladi. Ular bemorning choyshabi va ich kiyimlariga, uy va xizmat ko'rsatish do'konlari bo'limlariga tushadi, pashshalar tarqatadi. Yuqishi: oziq-ovqat mahsulotlari bilan gijja tuxumlarini istemol qilganda, chang yordamida og'iz burunga kelib kiradi. Enterobioz bilan og'rigan bemorlarda ko'pincha autoinvaziya kuzatiladi. Patogenezi. Gijjalar shilliq qavatni shikastlab, ayrim hollarda ichak devoriga kirib, to mushak qavatigacha borishi mumkin. Oqibatda nuqtali qon quyilishlar va erroziyalar paydo bo'ladi. Gelmintlar ajratgan mahsulotlari organizmda sensibilizitsiya chaqirib, allergiya rivojlanishiga sabab bo'ladi. Urg'ochi gijjalar ayol jinsiy a'zolariga ichakdan bakteriyalarni olib o'tishi mumkin. Klinikasi. Bir oz miqdordagi gijja bilan invaziyalangan bemorlarda kasallik belgilari aniqlanmasligi mumkin. Ko'p hollarda kasallik belgilari u yoki bu darajada rivojlagan bo'ladi. Enterobiozning yengil shaklida yotish oldidan anal atrofi sohasida yengil qichish paydo bo'ladi. U 1 -3 kun davom etib, keyin o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.11 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.11 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga