Epidemiologiya asoslari. Immunitet R e j a : 1. Yuqumli kasallik haqida tushuncha va uning qisqacha tarixi. 2. Epidemiologiya fani haqida ma'lumot va uning vazifalari. 3. Yuqumli kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari. 4. Immunitet va uning turlari, immunitetni kuchaytirish yo'llariю Yuqumli kasalliklar insoniyatga qadim zamondan ma'lum. Chinchechak, vabo, o'lat kabi xatarli yuqumli kasalliklar vaqti-vaqti bilan keng tarqalib, millionlab odamlarning yostig'ini quritgan. Yuqumli kasalliklarni kelib chiqish sabablari uzoq vaqt noma'lum bo'lib kelgan. Tabobat ilmining bobokaloni Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o'zining Tibbiyot qonunlari kitobida Kasalliklardan ba'zilari yuqumli bo'ladi, bular deb yozadi u moxov, qo'tir, chinchechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi xastaliklardir.Yuqumli kasalliklar deb, yuqumli (patogen) mikroorganizm bilan makroorganizm (odam, hayvon) o'rtasidagi tashqi muhit omillari ta'siri natijasida bo'lib o'tadigan munosabatlardan kelib chiqadigan kasallikka aytiladi. Mikroorganizm bilan makroorganizm o'rtasidagi munosabat turlicha yakunlanishi mumkin: 1) mikrob makroorganizm himoya vositalari ta'sirida tezda halok bo'ladi; 2) mikrob o'ziga qulay sharoit topib ko'payadi va organizmning qarshiligiga bardosh berib, uzoq saqlanadi. Organizmda mikrob bor ekan yuqumli kasallikka xos o'zgarishlar oz bo'lsada, yuz beradi, lekin kasallik latent yashirin shakllarda kechadi; 3) patogen mikrob organizmda tez ko'payadi va uning himoya kuchlarini yengib, o'zining patogenlik xususiyatini namoyon qiladi. Organizmda kasallik avj olib boradi. Yuqumli kasalliklar boshqa kasalliklardan farqli ravishda o'ziga xos kechish xususiyatlariga ega. l. Yuqumli kasalliklarni tirik patogen (yuqumli) mikroorganizm qo'zg'atadi. 2. Yuqumli kasallikni tarqatuvchi manbai bo'lib, kasallikni boshqalarga tarqatishi mumkin. 3. Yuqumli kasalliklarning yuqish va tarqalish yo'llari mavjuddir. 4. Yuqumli kasalliklar muayyan davrlar bilan kechadi. 5. Bemor qaysi yuqumli kasallik bilan og'rib o'tsa, uning organizmida o'sha ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.97 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.97 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: doc