Epiteliy to'qimasi Reja: To'qimalar tasnifi. Qoplovchi epiteliyga umumiy tavsif. Ko'p qavatli epiteliy. Ko'p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy. To'qima - filogenetik taraqqiyot davomida hosil bo'lgan, ma'lum bir tuzilishga va vazifaga ixtisoslashgan hujayralararo modda va undagi elementlar kompleksiga aytiladi. To'qimalarning asosiy elementi - hujayralardir, ularning hosilalariga esa hujayra mahsuloti va hujayralararo modda deyiladi. Hujayralarning o'zaro qo'shilishidan hosil bo'lgan - simplastlar (ko'ndalang targ'il mushak, sinsitiotrofoblastlar) va sinsitiy - takomillashmagan hujayralarning kiprikchalar orqali bog'lanishi (emal a'zosining pulpasi, jinsiy hujayralar). Hujayraning mahsulotiga ko'ra trombotsitlar, epidermisning muguz qavati kiradi. Hujayralararo modda - asosiy modda va tolalardan iborat. Asosiy modda gel, zol yoki minerallashgan ko'rinishda bo'lishi mumkin. Tolalar ichida kollagen, elastik va retikulyar turlari farqlanadi. Hujayralar hujayralararo moddada alohida, ma'lum masofada (biriktiruvchi to'qimada), o'simtalar bilan bog'langan (retikulyar to'qima) yoki hujayra plastlari hosil qilib joylashishi mumkin (masalan, parenximatoz a'zolar, yurak mushagi). Epiteliy, ichki muhit, mushak va nerv to'qimalari farqlanadi. SHu to'qimalrdagi xar bir hujayra o'zining ma'lum bir strukturasi va funksional belgilariga ega, ularni shu xususiyatlari bilan boshqa to'qima hujayralaridan farqlash mumkin. Hujayralararo moddalar ham turli tipdagi to'qimalarda o'ziga xos tuzilgan. Ba'zida, alohida to'qimalarning o'zida hujayralar va hujayralararo moddalarning morfofunksional xususiyatlari turlicha bo'lishi mumkin. SHuning uchun ba'zi to'qimalar tarkibi turli ko'rinishlarga ajratiladi. Masalan, ichki muhit to'qimasini qon va biriktiruvchi to'qimaga ajralishi mumkin, biriktiruvchi to'qimaning o'zini esa yana bir qator ko'rinishlari mavjud (siyrak, zich biriktiruvchi to'qima, suyak va tog'ay to'qimasi). A'zolarning tarkibida hamma to'qimalar bo'ladi. Ularning ba'zilari a'zoning asosini hosil qiladi (skelet), ularga stroma deb ataladi, boshqalari esa - parenxima deyiladi. Parenxima a'zoning asosiy vazifasini bajaradi. Ko'p hujayralar boshqa to'qimalardan bazal ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.26 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.26 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: doc