Epiteliy to'qimasining rivojlanishi va regenerasiyasi

Epiteliy to'qimasining rivojlanishi va regenerasiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Epiteliy to'qimasining rivojlanishi va regenerasiyasi - rasmi

Material tavsifi

Epiteliy to'qimasining rivojlanishi va regenerasiyasi REJA Epiteliy to'qimasining rivojlanish bosqichlari Ichak epiteliysining yangilanib turishi Epiteliy to'qimasining regenerasiyasi Ichak epiteliysida ham ayrim boshqa epiteliy hujayralariga o'xshash regenerasiya jarayoni fiziologik va reperativ yo'l bilan boradi. Ichaklardagi regenerasiya jarayoni hozirgi vaqtda yaxshi o'rganilgan. Masalan, organizmga har xil moddalar yuborish yo'li bilan va ayrim nurlar yordamida ichak epiteliysining tiklanish jarayonida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni kuzatib, proliferativ jarayonlar qanday kechayotganligini aniqlash mumkin. Yuqorida qisman aytib o'tilganidek, hozir aniqlanishicha, ichak kriptalarini tashkil etuvchi hujayralar ko'payish xususiyatiga ega. Ko'paygan hujayralar asta-sekin vorsina uchiga etib borib, so'ng bazal membranadan ajralib to'qilib tushadi. Endilikda bo'lingan hujayralarning siljish jarayoni va hujayra tarkibidagi moddalar miqdorining o'zgarishini nishonlangan tilidin moddasini hayvon organizmiga yuborib o'rganib chiqilgan. Masalan, sichqon organizmiga yuborilgan nishonlangan tilidin moddasi bir soatdan so'ng deyarli hammasi ichak kriptalari bilan vorsina hujayralariga yiila boshlaydi. Oradan 72 soat o'tgach, vorsinalarning yuqori qismida ko'rinadi. Bundan ma'lumki, bo'linish natijasida hosil bo'lgan hujayralar asta-sekin vorsinalar yuqorisiga siljib boradi va to'qilib tushib turgan hujayralar o'rnini to'ldiradi. Ma'lum bo'lishicha, vorsinalardagi epiteliy hujayralarining barchasi yangidan tiklanishi uchun 2,5-3 sutka vaqt ketar ekan (K.Leblon). Shuni aytib o'tish kerakki, ichakning epiteliy hujayralarida sodir bo'ladigan har xil jarohatlar yon-veridagi hujayralarga ta'sir qilmaydi. Buning asosiy sababi, ichak epiteliysidagi shiddatli fiziologik regenerasiya kombial hujayralarining muntazam bo'linib turish jarayonining o'zginasidir. Kombial hujayralar muntazam bo'linib turishi natijasida hosil bo'ladigan yangi hujayralar eskisini siqib chiqarib turadi, oqibatda jarohatlangan hujayra uzoq vaqt dosh bera olmay u ham tushib ketadi. Buning natijasida hujayralar orasiga kirib olgan mikroorganizmlar shu hujayralar bilan birga ichak bo'shliiga tushadi. Epiteliy hujayralari bu xususiyati bilan yuqorida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.17 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.17 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga