Erkak hayvonlar jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi

Erkak hayvonlar jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Erkak hayvonlar jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Erkak hayvonlar jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi Reja: Erkak hayvonlarning jinsiy a'zolari anatomiyasi. Jinsiy reflekslar. Urug'donlarning generativ va gormonal funksiyasi. Sperma hosil bo'lishi fiziologiyasi. Urug'don xaltasi - urug'donlardagi haroratni malum darajada saqlab turish va urug'donlarni mexanik ta'sirotlardan saqlash vazifasini bajaradi. Urug'don xaltasi ichidagi harorat tana haroratidan 2-30S past bo'ladi va bunday haroratda spermatozoitlar anabioz holatda saqlanib turadi. Kriptorxizm kasalligida urug'donlar qorin bo'shlig'ida qolib ketadi va haroratning yuqori bo'lishi tufayli spermatozoitlar tez o'lib ketadi. Urug'donlar - asosiy erkaklik jinsiy azosi hisoblanib, asosan 2 vazifani bajaradi: 1. Urug'donlarda spermiylar rivojlanadi. 2. urug'donlarning gormonal funksiyasi. Urug'donlardan ishlab chiqarilgan testesteron gormoni jinsiy reflekslarni chaqiradi, ikkilamchi jinsiy belgilarni rivojlantiradi va modda almashinuvlarini stimullaydi. Urug'donlar ustidan zardob parda bilan o'ralgan bo'lib, shu pardaning ostidagi har bir bezni urab turuvchi va zich biriktiruvchi to'qimadan iborat oqish parda mavjud. Urug'don - buqa, qo'chqor va takalarda ellips shaklda, ayg'irlarda tuxumsimon, cho'chqalarda loviya shaklida bo'ladi. Og'irligi: buqalarda - 250-500, qo'chqor va takalarda - 200-300; ayg'irlarda - 200-400 g. Ayg'irlarda urug'don ortig'i kanali uzunligi - 26 m. erkak cho'chqalarda - 40-68 m. buqalarda - 40-50 m. Urug'donlar - buqa va qo'chqorlarda urug' xaltachasida perpendikulyar joylashadi. Urug'don xaltasi hamma hayvonlarda bir xil emas, lekin ko'pchilik hayvonlarda (buqa, qo'chqor, taka va ayg'irlarda) ikkala sonning o'rtasida joylashgan. Cho'chqa, it, mushuk va tuyalarda orqa chiqaruv teshigining pastida bo'ladi. Urug'don ortig'ida spermiylar etiladi va to'planib turadi. Urug' hujayrasi boshi, tanasi va dum qismlaridan iborat bo'lib, manfiy zaryadga ega bo'ladi va lipoproteid parda bilan qoplangan bo'ladi. Urug'don ortig'ida anabioz holatda saqlanib turgan spermiylar harakatchanligi 3 oygacha, otalantirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.21 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.21 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga