Erkak jinsiy a'zolari anatomiyasi va erkaklarning jinsiy faoliyati. Tanosil (jinsiy) organlar Reja: Erkaklarning tanosil organlari Tashqi tanosil organlari Jinsiy organlar funksiyalariga qarab erkaklar va ayollar jinsiy organlariga bo'linadi. Jinsiy organlar joylashish o'rniga qarab ichki va tashqi tanosil organlariga bo'linadi. ERKAKLARNING TANOSIL ORGANLARI Erkaklar ichki, tanosil organlariga moyaklar va ularning ortig'i, urug' chiqarish yo'llari, urug' pufakchalari, prostata bezi va Kuper bezlari kiradi. Tashqi tanosil organlari erkak olati va yorg'oqdan iborat (5-rasm). Moyaklar (testes) - bir juft bo'lib, yorg'oq ichida joylashgan. Moyak lar tanosil organlari ichida yerlik urug'i - spermatozoid va erkaklik gormoni ishlab chiqarishi bilan alohida o'rin tutadi. Moyaklar ikki tomondan biroz siqilgan, ellipssimon shaklda bo'lib, orqa qirg'og'ida uning ortig'i yopishib turadi. Moyak ustini yaxshi pishgan tuxumga o'xshash yaltiroq oqsil parda o'rab turadi. Pardani ichki tomonidan moyak ichki moddasiga o'sib kirgan to'siqlar alohida bo'laklarga ajratadi. Bo'lakchalar old tomoni keng yoyilgan elpig'ichga o'xshab tarqalgan, orqa tomoni esa yig'ilib tuxum devorlari oralig'i sohasiga ochiladi. Har bir bo'lakchaning ichida 3-4 tadan urug' ishlab chiqaradigan kanalchalar bo'lib, ular bir-biri bilan qo'shilib to'g'ri urug' kanalchalarini hosil qiladi. To'g'ri kanalchalar tuxum devori oralig'i sohasida o'zaro qo'shilib urug' to'rini hosil qiladi. Kanalchalar to'ridan 12-16 ta urug' chiqarish naychalari ajraladi va moyak ichidan chiqib urug' chiqarish yo'li 9 5-rasm. erkaklarning tanosil (jinsiy) a'zosi sagital kesimda. 1 - chap yonbosh umumiy arteriyasi; 2 - gorin aortasi; 3 - pastki kovak vena; 4 - o'ng yonbosh umumiy arteriyasi; 5 - chap yonbosh umumiy venasi; 6 - tashqi yonbosh arteriyasi va venasi; 7 - siydik pufagi; 8 - qorin parda; 9 - ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.38 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.38 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: docx