Erkaklar jinsiy tizimi

Erkaklar jinsiy tizimi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Erkaklar jinsiy tizimi - rasmi

Material tavsifi

Erkaklar jinsiy tizimi Reja: Urug' olib chiquvchi yo'llar va urug'don ortig'i. Urug' pufakchalari. Prostata bezi. Ayollar jinsiy tizimi. Erkaklar jinsiy sistemasi bir juft bez - urugdon va urug' olib chikuvchi naylar, prostata bezi, urug' pufakchalari va jinsiy olat kabi a'zolardan iborat. Taraqqiyoti. Jinsiy sistema har ikkala jinsda ham ayiruv sistemasi va buyrak usti bezlarining taraqqiyoti bilan uzviy bog'langan holda rivojlanadi. Homiladagi gonadalarning yaratilishi birlamchi buyrak - Volf tanachasining yuzasidagi selomik epiteliyning yo'g'onlashuvi bilan boshlanadi. Bir vaqt-ning o'zida selomik epiteliyning yo'g'onlashuvi, buyrak usti bezi po'stloq qismining paydo bo'lishiga asos hisoblangan birlamchi buyraklar orasida joylashgan interrenal tanani hosil qiladi. Jinsiy bolish epiteliysida yirik gonoblast hujayralari paydo bo'ladi. Gonoblastlardan - gonotsitlar shakllanadi. Embriogenezning 3-xaftasidan boshlab, gonotsitlar jinsiy bolishlar tomon harakat qiladi. Jinsiy bolishlardan birlamchi buyrak stromasiga gonotsitlardan iborat jinsiy iplar - tizimchalar o'sib kiradi. SHuning bilan bir vaqtda birlamchi buyrakdan kloakagacha davom etuvchi birlamchi buyrak nayidan shu nayga parallel yo'naluvchi paramezonefral nay (Myuller nayi) ajralib chiqadi. Paromezonefral nay ajralishi bilan jinsiy sistema taraqqiyotining indeferent, ya'ni ikkala jins uchun umumiy davr nihoyasiga etadi. SHundan keyin erkak va ayollar organizmida jinsiy sistema turlicha rivojlanadi. Erkak organizmining taraqqiyotida birlamchi buyrakning yuqori qirrasi bo'ylab jinsiy bolishlardan hosil bo'lgan jinsiy tizimchalar egri-bugri urug' tizimchalari nomini oladi. Embrio-nal taraqqiyotning to'rtinchi oyidan boshlab, kompakt bo'lgan urug' tizimchalarida bo'shliq paydo bo'lib, ular egri-bugri kanallarga aylanadi. Urug' yo'llarining shakllanishi bilan bir vaqtning o'zida erkaklar jinsiy sistemasining chiqaruv yo'llari ham shakllanadi. Erkaklar jinsiy sistemasining taraqqiyotida paramezonefral nay deyarli to'liq reduksiyaga uchraydi. Urugdon anatomik jihatdan ovalsimon tanachadan iborat. U bir necha qavat pardalar bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.51 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.51 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga