Erta yoshdagi bolalar kasalliklari diatezlar

Erta yoshdagi bolalar kasalliklari diatezlar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Erta yoshdagi bolalar kasalliklari diatezlar - rasmi

Material tavsifi

Erta yoshdagi bolalar kasalliklari diatezlar Reja: Ekssudativ - kataral diatez Limfatik-gipoplastik diatez Nerv-artritli diatez Raxit Spazmofiliya Tseliakiya Disaxaridlar etishmovligi Kamqonlik O'tkir bronxit Obstruktiv bronxit Bronxiolit Pnevmoniya (zotiljam) - o'pkaning o'tkir yallig'lanishi Tug'ma yurak nuqsonlari 1. EKSSUDATIV - KATARAL DIATYeZ Ekssudativ diatez (ED) tushunchasi 1905 yilda A. Cherni tomonidan kiritilgan bo'lib, erta yoshdagi bolalar organizmining o'ziga xos reaktivlik xususiyati bo'lib, teri va shilliq qavatlarining infiltrativ-deskvamatoz yallig'lanishga, allergik kasalliklarga moyilligidir. Ekssudativ kataral diatez limfatik tugunlar giperplaziyasi (kattalashuvi), organizmda tuz va suv almashinuvining tez-tez o'zgarib turishi bilan xarakterlanadi. tashxisot mezonlari: Anamnez: Onasida me'da-ichak yo'li kasalliklari qayd etilganligi, homiladorlik davrida har xil dori vositalari bilan davolangiligi, erta sun'iy ovqatlanishga o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek, ota-onasida yoshligida ED qayd etilganligi aniqlanadi. EDning klinik belgilarini namoyon qiluvchi asosiy omillar: ovqat mahsulotlari, sigir suti, tsitrusli mevalar, qulupnay va boshqalar. Tuxum, qulupnay, limon, banan, shokolad, baliq go'shti tarkibida endogen gistaminning libiratorlari bo'ladi. Ona suti bilan boqilgan bolalarda EDning klinik belgilari agar bolaning onasi yuqorida ko'rsatilgan ovqat mahsulotlarini istemol qilgan bo'lsa, yuzaga chiqishi mumkin. Klinik mezonlar: Teridagi o'zgarishlar: bola hayotining birinchi oyida teri burmalarida bichilish, qizarish, boshning sochli qismida qazg'oqlar, yuz, quloq, bo'yin atrofida har xil xarakterdagi toshmalar kuzatiladi. Terining shilliq qavatidagi o'zgarishlar, geografik til, cho'ziluvchi ko'z kasalliklari, burun shilliq qavatining yallig'lanishi, nafas yo'llarining kataral yallig'lanishi, kamqonlik belgilari, siydikda epitelial hujayralar sonining oshishi, vaqti-vaqti bilan ich ketishi. Laborator tekshiruvi Umumiy qon va siydik tahlili. Axlatning umumiy tahlili. Axlatni disbakteriozga tekshirish Davolash Ratsional to'g'ri ovqatlanish, bola bir yoshga to'lgunga qadar ona suti bilan boqish muhim ahamiyatga ega. Ovqat tarkibida uglevodlar miqdorining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 110.9 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 110.9 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga