Eshitish va vestibulyar analizatorlarining fiziologiyasi

Eshitish va vestibulyar analizatorlarining fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Eshitish va vestibulyar analizatorlarining fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Eshitish va vestibulyar analizatorlarining fiziologiyasi Reja: 1. Eshitish analizatorining strukturasi. 2. Tovushni o'tkazish va qabul qilish. 3. Vestibulyar analizatorining strukturasi va faoliyat ko'rsatishi. EShITUV ANALIZATORI odamda, hayvonlarda ahamiyati bo'yicha 2-o'rinda turuvchi sezgi organi. EShITUV ANALIZATORI odam uchun, ayniqsa katta ahamiyatga ega bo'lib, u tufayli nutq rivojlanadi, fikr almashadi, bilim oladi. EShITUV ANALIZATORI 3 kismdan iborat: I. Periferik-1) tashqi quloq, 2) o'rta quloq, 3) ichki quloq II.O'tkazuvchi II.Markaziy eshituv-miya po'stlog'ining eshituv 41,42 maydonlari (Geshlya) Quloq suprasi tovushlarni yig'adi, tashqi eshituv yo'liga yo'naltiradi, orqadan keluvchilarini chegaralaydi. (eshituvdan tashqari faoliyati bor). Tashqi eshituv yo'li - rezonator bo'lib, tovushlarni o'tkazadi, 300 Gts tebranishiga ega. Uning nog'ora parda soha harorati va namligini doimiy saqlab, parda tarangligini doimiy saqlaydi. Nog'ora parda (0,1 mm)-tovush to'lqinlarini mexanik harakatlarga o'tkazuvchi transformator bo'lib, turli yo'nalishdagi tolalardan tuzilgan, yuzasi 75mm, o'z tebranishlariga ega, havo tebranish to'lqinlarini o'rta quloq, bolg'acha suyakchasining harakatiga aylantiradi. O'rta quloq-nog'ora parda va chig'anoq o'rtasidagi bo'shliq, 3 ta kichik suyakchalari bor (bolg'acha,sandoncha, uzangicha). Ular mexanik tebranishni oval teshikka o'tkazadi. O'rta quloq bo'shlig'i nog'ora pardani erkin tebranishi uchun Yevstaxiy nayi orqali xalqum bilan birlashgan. Shu asosda o'rta quloq bosimi atmosfera bosimi bilan tenglashib turadi. Yutish bo'lganda nay ochiladi (yuqoriga ko'tarilish). EShITUV ANALIZATORIda tovush sezishni ichki quloq bajaradi. U suyak chig'anoq 2,5 aylana 3,5 sm bo'lib, asosidan uchigacha 2ta membrana (asosiy, Reysner) o'tib, uni 3 ta naychalarga (daxliz, o'rta,nog'ora parda) bo'ladi. O'rta naychada endolimfa (K+) , qolgan 2 tasida perelimfa bo'ladi, ular chig'anoq uchida (gelikoterma) tutashadi. Ichki quloqda 2 guruh 5 xil potentsiallari tafovut qilinadi: Tovushga bog'liq emas 1) Fonoretseptor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 730.18 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 730.18 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga