Eshituv nayining faoliyatini aniqlash

Eshituv nayining faoliyatini aniqlash

O'quvchilarga / Tibbiyot
Eshituv nayining faoliyatini aniqlash - rasmi

Material tavsifi

Eshituv nayining faoliyatini aniqlash Reja: Eshituv nayini o'tkazuvchanligini tekshirish usullari Pnevmofonometriya Tovushli manometriya Bolalarda ko'pgina o'rta quloq kasalliklarini tashxislash va davolashda eshituv nayini tekshirish muhim klinik ahamiyatga ega hisoblanadi. Keng, tirqishsimon nayning holati nog'ora bo'shlig'ini burun-halqum tomonidan zararlanishini osonlashtiradi. Burun - halqum sohasidagi turli patologik holatlar eshituv nayini o'tkazuvchanligiga salbiy ta'sir qilib, bolalarda o'tkir o'rta otit, uning oqibatida esa turg'un eshitish pastligiga olib keladi. Halqum mo'rtagini gipertrofiyasi (adenoidlar), o'rta va pastki chig'anoqlarning orqa qismini kattalashishi, halqumning o'tkir va surunkali kasalliklari eshituv nayini faoliyatini buzilishiga olib keladi, buning natijasida esa nog'ora bo'shlig'ini ichida havo aylanishini (ventilyatsiyani) o'zgarishlari kuzatiladi. Eshituv nayining teshigini mexanik yopilishidan tashqari, nog'ora bo'shlig'ini ventilyatsiyasi va evakuatsiyasi faoliyatidagi o'zgarishlar hilpillovchi epiteliyni harakatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Yuqoridagilardan kelib chikib, eshituv nayini o'tkazuvchanligi va uning yopilib qolish sabablarini chuqur bilish pediatrlarning to'g'ri maslahat va davolash mezonlarini tanlashiga imkon beradi. Eshituv nayini o'tkazuvchanligini tekshirish usullari Umumiy amaliyot shifokorlari uchun eshituv nayining eng oson va qulay tekshirish usuli- Toynbi usulidir. Bu usulni bajarish uchun bemor bolani burun qanotlari burun to'sig'iga yopishtiriladi (burun qisiladi) va yutish harakatlarin bajarish so'raladi. Eshituv nayi o'tkazuvchanligi yaxshi bo'lganida shiqqillash ovozi quloqlarda seziladi. Valsalva usulini (rasm) bajarish ham oson hisoblanadi. Bola nafas olganidan so'ng burun qanotlari qisiladi va bir vaqtda og'zi ham yopiladi, shundan so'ng nafas chiqarish buyuriladi, natijada havo yig'masi eshituv naylari tomonga yo'nalib, shiqqillagan tovush quloqda seziladi. Bu usullarni faqatgina katta yoshdagi bolalarda o'tkazish mumkin. Rasm. Valsalva usuli. Eshituv nayini o'tkazuvchanligini pediatrlar ko'pincha qo'llaydigan oson usullardan biri Polittser ballonidan foydalanib aniqlashdir (rasm). U uchida oliva ko'rinishidagi moslamasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 122.58 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 122.58 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga