Tayanch iboralar: axillis payi. Distrofik - degenerativ jarayon. Gidremiya, skleroz, nekroz. Metal ilmoqlar. Ko'tarib turuvchi apparat. Spastik parez. Els tovoni. Umumiy distrofiya. Kam harakatchanlik. Rigidlik. Mayatniksimon (tebranma) harakat. Yaqqol adduksiya. O'tirgan it holati. Nevrektomiya. Tenotomiya. Qoramollar artrozi. Suyaklararo bo'g'im yorig'i. Ankiloz. Bo'g'imlarning revmatik yallig'lanishi. Infeksion - allergik kasallik. Poliartrit. Kasallikning bo'g'imdan bo'g'imga ko'chib yurishi. Rustergols yarasi. Fungozli o'zgarishlar. Yog'och taqa. 1. Axillis payi (boldirning o'rta tomon muskuli payi - tendo Axillus) va boldirning yon muskuli uzilishi ko'pincha qoramol va kam hollarda it va otlarda kuzatiladi. Uzilishlar to'liq va qisman, bir tomonlama va ikki tomonlama (ikkala oyoqlarda) bo'lishi mumkin. Kasallikka ko'pincha bo'rdoqiga boqiladigan 6-7 oylik va kattaroq, bichilmagan buqachalar chalinadi. L.I. Selishyev, I.S. Panko, V.I. Izdepskiylar axillis payining yoppasiga uzilishini katta chorvachilik xo'jaliklarda kuzatganlar. Etiologiya. Buqachalarda axillis payining yoppasiga uzilishi sababi to'liqcha aniqlanmagan. Ko'pchilik tadqiqotchilar fikricha bu kasallikning negizida mineral- vitaminli almashinuvining buzilishi - xususan fosfor - kalsiy balansining buzilishi yotadi. I.S. Panko va V.I. Izdepskiylarning aniqlashicha axillis payining bunday kasalligida biriktiruvchi to'qimaning turli zararlanishlari (gidremiya, skleroz, nekroz) va fagotsitar aktivligi pasayishi kuzatiladi, biriktiruvchi to'qimada yallig'lanish belgilarisiz distrofik - degenerativ jarayonlar kechadi. Axillis payi tovon do'ngligiga birikadigan joyida nekroz aniqlanadi, nekrozdan 3-8 sm yuqoriroqda nuqtali qon quyilishlar, muskul payga o'tadigan qismda esa tolalar ajralishi kuzatiladi. Klinik belgilar. Hayvon tinch turganda zararlangan oyog'ini bukilgan holatda saqlaydi, sag'risi kasallangan tomonga qiyshayib turadi. Palpatsiyada muskul uzilgan joyda chuqurcha yoki shish aniqlanadi. Axillis payi uzilganda bunday nuqson tovon do'ngligiga yaqin joyda bo'ladi. Og'riq seziladi. Tovon bo'g'imi oson bukiladi. Hayvon harakatlanayotganda kutilmaganda kuchli tayanch oqsash paydo ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.81 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.81 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:40 ]
Arxiv ichida: doc