Etiologriya va patogenezi

Etiologriya va patogenezi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Etiologriya va patogenezi - rasmi

Material tavsifi

Etiologriya va patogenezi Reja: Yara kasalligining klinik turlari Etiologiya Patogenez ta'rifI. Qaytalanib turuvchi va jadallashishga moyil kasallik bo'lib, me'da va o'n ikki barmoq ichakda yara illati sodir bo'lishi bilan ifodalanadi. TARQALIShI. Balog'atga etgan aholining 2-5% yara kasalligiga chalingan, ko'pincha 25-30 yoshlardagi erkaklarda uchraydi. Duodenum yarasi me'daga nisbatan 3 marta ko'p. Yara kasalligi ko'payishini urbanizatsiya, tartibsiz ovqatlanish, tashqi muhitning ifloslanishi va to'qima gipoksiyasining rivojlanishi bilan bog'laydilar. ETIOLOGIYaSI. Alimentar omil - odatdagi ovqatlanish ritmini o'zgarishi, o'tkir ta'sirlovchi (qovurilgan, achchik, sho'r, dudlangan) taomlarni istemol qilish natijasida shillik pardaning shikastlanishi gastrinni ko'p miqdorda ajralishini vujudga keltiradi, bu holat me'da gipersekretsiyasi bilan kuzatiladi. Ovqat hajmi ham ahamiyatli: ko'p miqdorda ovqatni qabul qilish natijasida me'daning mexanik cho'zilishi shira ajralishini kuchaytiradi. Tabak chekishlik yara rivojlanishiga sharoit tug'diradi. Nikotin me'da qon tomirlarini toraytiradi, shira ajralishini va me'da motorikasini kuchaytiradi; me'da osti bezi bikarbonat sekretsiyasini kamaytirishi mumkin, bu holat o'n ikki barmok ichakda RN ni pasaytiradi, me'da pepsinogen ajralishini kuchaytiradi. Alkogol - shillik pardani bevosita ta'sirlaydi va me'da shirasi ajralishini kuchaytiradi. Dori-darmonlar. Ko'p miqdorda aspirin va boshqa yalliglanishga qarshi nospetsifik moddalar (YaQNM) qabul qilgan artritli bemorlarning taxminan 30 foizida yara vujudga kelishi aniqlangan. Davomli yoki tez-tez qaytalanuvchi asab-ruhiy taranglanish, bosh miyaning mexanik shikastlanishi (chayqalishi), nerv sistemasining distrofik o'zgarishlari, boshqa a'zolardan reflektor ta'sir natijasida miya osti va gipotalamus faoliyatiga miya po'stlog'i ta'sirining buzilishi, adashgan nerv markazining barqaror qo'zgalishi yara kasalliklari rivojlanishi sabablaridan bo'lishi mumkin. Buyrak usti, miya ortigi (gipofiz) va jinsiy bezlar gormonlari boshqaruvi mexanizmlarining buzilishi hastalikning vujudga kelishida alohida o'rin egallaydi. Glyukokortikoidlar me'da shirasi tarkibidagi xlorid kislotasi miqdorining ko'payishini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.29 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.29 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga