Etiopatogenez

Etiopatogenez

O'quvchilarga / Tibbiyot
Etiopatogenez - rasmi

Material tavsifi

Etiopatogenez Reja: 1.Etiologiya nima? Mexanikaviy omillarning kasallantiruvchi ta'sirlari. 2.Travmatik shok. Kasallikni keltirib chiqaruvchi fizikaviy omillar. 3.Patogenez nima? 4.Hayvon konstitutsiyasining patogenezdagi o'rni sog'ayish - sanogenez. Etiologiya - organizmda kasalliklarning kelib chiqishini, umumiy qonuniyatlarini, sabablarini, shart-sharoitlar yig'indisini o'rgatadi. Etiologiya yunoncha aitia-sabab, logos-ta'limot degan tushunchani bildiradi. Bu haqda buyuk olim I.P.Pavlov shunday deb yozgan: «Sababni bilish, albatta meditsinada muhim ishdir». Vrach kasallik sababini bilmaguncha patologik jarayonning yo'nalishiga va kechishiga ongli va samarali ravishda ta'sir eta olmaydi. Qadimgi xind va xitoy tabiblari bu haqida to'g'ri fikr bayon qilishgan: «Sabab oqibat bilan uzviy bog'langan» Ular sababni ikkiga bo'ladilar: qo'zg'atuvchi va yaratuvchi sabablar. Galen kasallikni kechishida organizmning ichki holati asosiy rol o'ynashini qayd etadi. Bu qadimgi meditsinada etiologiyada ko'tarilgan cho'qqi edi. Kasallik sabablari haqidagi ta'limotni yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino bir pog'ona yuqoriga ko'tarib, xar qanday narsani bilish uning sababini bilgandagina to'la malum bo'ladi degan fikr bildirgan. XIX asrda Fransiyada Lui Paster mikroorganizmlarni kasallik keltirib chiqarishini aniklagan. Keyinchalik, R.Kox tuberkulyoz, L.Paster xolera, kutirish va boshqa kasalliklar sabablarini topa boshlaydi. Monokauzalizm oqimidagilar har bir kasallikning bitta, yagona sababi bor, u organizmga ta'sir qilsa, albatta, kasallik sodir bo'ladi, ta'sir qilmasa, kasallik yuzaga kelmaydi, deb - tushuntiradilar. Keyingi konditsionalizm okimidagilar-kasallikni mikroorganizmlar emas, sharoitlar yig'indisini o'zgarishi deb tushuntirganlar. Konstitutsionalizm tarafdorlari kasallanish organizmning genotip tuzilishidan, konstitutsiyadagi yetishmovchilik natijasida kelib chikadi deb tushuntirganlar. Nervizm ta'limotiga ko'ra organizm tashqi muhit bilan chambarchas bog'liq, bu nerv sistemasi tufaylidir deydi. Kasallik chaqiruvchi sabablar 2-ta katta guruhga bo'lib urganiladi: tashqi yoki ekzogen va ichki yoki endogen sabablarga. Organizmning o'zida mavjud bo'lgan yoki paydo bo'laetgan tug'ma va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 60.44 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 60.44 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga