Exinokokkoz Reja: Etiologiyasi. Epidemiologiyasi. Patogenezi va patanatomiyasi Klinikasi. Kistoz exinokkoz Tashxisoti Exinokokkoz zoonoz (odamga hayvonlardan yuqadi) Echinococcus avlodiga lentasimon chuvalchanglar chaqiradigan kasallik bo'lib hisoblanadi. Exinokokkozning 4 ta asosiy shakli mavjud: Kistoz shakli - (gidatidoz kasalligi) Echinococcus granulosus chaqiradi; Alveolyar exinokkoz - Echinococcus multilocularis tomonidan chaqiriladi; Polikistoz exinokokkoz- Echinococcus vogeli tomonidan chaqiriladi; Monokistoz exinokokkoz - Echinococcus oligarthrus tomonidan chaqiriladi; Tibbiyot va sog'liqni saqlash sohasida shulardan kistoz va allveolyar exinokokkoz katta ahamiyatga ega. Etiologiyasi. Bu kasallikni Echinococcus granulosus deb ataladigan gijjaning lichinkasi qo'zg'atadi. Bu lichinka bir, kamerali pufakdan Echinococcus uniloculars) iborat bo'lib, uning diametri 1 dan 50 mm gacha boradi. Pufakning devori ikki qavat pardadan iborat. Har bitta pufakchada suyuqlik va 100 ga yaqin gijja bolachasi bo'ladi. Epidemiologiyasi. Exinokokkoz peroral zoonoz biogelmintozdir. Bu gijjaning oxirgi xo'jayini va invaziya manbai uy itlari, bo'ri, bo'rsiq va shu kabi hayvonlardir. Qoramollar, echkilar, ot, eshaklar va odam gijjaning oraliq xo'jayinidir. Bu gijja odamga kuchuklar, qo'ylar bilan kontaktda bo'lish natijasida yuqadi. Bu hayvonlarnint terisi, junida juda ko'p miqdorda gijja tuxumlari bo'ladi. Exinokokkoz pishirilmagan sabzavot, ho'l mevalar istemol qilish oqibatida ham yuqadi. E. granulosus ning bir qancha genotiplari mavjud va ulardan bazilari oraliq xo'jayinni lekin hamma genotiplari ham odamlarda kasallik chaqirmaydi. Odamlarda kistoz exinokokkozni chaqiruvchi genotip asosan it - qo'y -it mexanizmi asosida yuzaga kelsada, boshqa uy hayvonlari echki, katta shoxli qoramollar ham sababchi bo'lishi mumkin. Kistoz exinokokkoz yer yuzining Antarktidadan boshqa barcha qismida uchraydi. Alveolyar exinokokkoz yer sharining shimoliy qismida joylashgan Xitoy, Rossiya federatsiyasi va Shimoliy Amerika va vropaning kontinental iqlimli mamlakatlarida uchraydi. Endemik hududlarda kistoz exinokokkoz ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.08 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.08 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:40 ]
Arxiv ichida: doc