Fermentlarni olish. Fosfolipaza D fermentini olish jarayonlari

Fermentlarni olish. Fosfolipaza D fermentini olish jarayonlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Fermentlarni olish. Fosfolipaza D fermentini olish jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Fermentlarni olish. Fosfolipaza D fermentini olish jarayonlari Reja: 1. Fosfolipaza D fermenti 2. Fosfolipaza uchraydigan obyektlar 3. O'rta Osiyo sholg'omidan Fosfolipaza D fermentini ajratib olish a) eritmalarni tayyorlash b) xom ashyo tayyorlash v) ishning borishi 4. Fosfolipaza D fermenti olish texnologik sxemasi 5. Fosfolipaza D fermenti faolligini aniqlash Hozirgi kunda - ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlarida malum strukturaga ega bo'lgan fosfolipidlar juda muhimdir. Bu muammoni shu lolekulani lipolitik fermentlar yordamida lipolitik sintez qilish yo'li bilan xal qilish mumkin. Fosfolipidlarning gidrolizi to fosfotidil kislota va asosgacha bo'lgan reaksiyani katalizlaydigan va substratni polyar qismida lokallashgan ferment birinchi marta 1974 yilda aniqlangan. Sabzi ildiz mevasi va karam barglaridan tayyorlangan ekstraktda tuxumli letsitinni gidrolizi natijasida xolinni ajratish xususiyatiga ega bo'lgan «letsitinaza» borishi tajribalarda ko'rsatib berilgan. 1-rasm Fosfotidil xolin Bundan keyingi ko'p tekshirishlarda bu ferment o'simlik obyektlarida ko'p tarqalganligi va ayniqsa u judda ham ko'p miqdorda O'rta Osiyo sholg'omining ildiz mevasida, sabzida, karam barglarida, yer yong'oq, paxtada, kofeda va boshqa o'simliklarda bo'lishi aniqlanadi. Keyingi tekshirishlar esa turli hayvon to'qimalarida Fosfolipaza D borligini ko'rsatib berdi. O'rganilgan kalamush to'qimalarida, yani miyada, jigarda, yurakda, o'pkada, qora taloqdas bu ferment borligi aniqlandi. Maksimal chegaraviy Fosfolipaza D aktivligi miya va o'pka mikrosomal membranalari uchun belgilanadi. Membrana bilan bog'langan Fosfolipaza D fermenti odam qonining eozinofillarida ham topilgan. Hayvon manbalaridan olingan lipazalar ultratovush bilan qayta ishlash yoki detergentlar yordamida stabillanishi mumkin. Fosfolipaza D fermenti xossalari o'simlik yoki mikroorganizmlardan olingan fermentning xossalaridan farq qiladi. Adabiyotlardagi dalillarga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, Fosfolipaza D fermenti nafaqat o'simliklarda, balki hayvonot obyektlari va mikroorganizmlarda keng tarqalgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.07 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.07 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga