Fitoterapiya asoslari Fitoterapiya - shifobahsh o'simliklar bilan davolash usuli (grekcha «fiton»), o'simliklarni davolash maqsadida ishlatish, «terapiya» - davolash so'zlaridan olingan. Insoniyat o'simliklar olami bilan uzviy bog'langan. o'simliklar olami insonni yediribichiradi, qiyintiradi, havoni poklab beradi, go'zal manzaralar yaratadi. o'simliklarning serxosiyat tomonlarini sanab intihosiga yetish qiyin. o'simliklarning eng ajoyib xossalarndan biri - shifobahshligidir. Insoniyat qadimkadim zamonlardan buyon o'simliklarning shifobahsh xususiyatlaridan bahramand bo'lib kelgan. Ibtidoiy jamoa davrlarida odamlar o'z dardlariga davo izlab, avvalo o'simliklar olamiga hamda hayvonot mahsulotlariga intilar edilar. Dastlab inson uchun o'simlik mevalari, ildiz, ildiz mevalari, shuningdek hayvon mahsulotlari oziqovqat vazifasini o'tagan. Ilgari o'simliklarning shifobahshligi tasodifan topilgan bo'lsa, keyinchalik ular hayotiy sinov va kuzatishlardan o'tgach, xalq tabobatida qo'llanila boshlagan. Eramizdan II asr oldin «Tananing hamma bo'limlariga ta'sir etuvchi moddalarni tayyorlash» degan asar yozilgan, unda qadimgi Ebers papirusida o'sha davr o'simliklarining shifobahshligi to'g'risida ma'lumot berilgan. Qadimgi Misrda har xil o'simliklardan tayyorlangan xushbo'y moylar, balzamlar, aloy, bargizubning shifobahsh ta'siri ma'lum bo'lgan. Xitoyda jenshen hamda bug'u shoxidan olinadigan pantlarga katta ahamiyat berilgan. Qadimgi budda tibbiyotining ajoyib rivoyatlarida shunday deyilgan: «Darmon izlagan tabib nigohi bilan olamga nazar solinsa, doridarmonlar olamida hayot kechirayotganimizni bilish mumkin». Olamda dori sifatida ishlatib bo'lmaydigan bironta moddaning o'zi yo'q desa bo'ladi. Mashhur yunon tabibi Buqrot (eramizdan oldingi 460-377 yillar) o'zining «Qorpus Xippokratikum» asarida tib ilmiga, jumladan doridarmonlarga oid ko'p ma'lumotlar keltirgan, uning asarlarida dorivor o'simliklarning 236 tasi tasvirlanib, ularning xususiyatlari bayon etilgan. Rimning eng mashhur tabibi va tabiiy fanlar bilimdoni Galen (Jolinus hakim, eramizning 130-200 yillarida yashagan) ajoyib falsafiy iborani aytgan: «o'simlik va hayvonot olamidan olingan har bir moddaning foydali tarafi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.88 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.88 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:47 ]
Arxiv ichida: doc