Fiziologik tekshirish usullari

Fiziologik tekshirish usullari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Fiziologik tekshirish usullari - rasmi

Material tavsifi

Fiziologik tekshirish usullari Reja: Fiziologiyaning predmeti va usullari. Fiziologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Fiziologik tekshirish usullari. Organizm. Fiziologik reaksiyalar. Organizmda fiziologik reaksiyalarning boshqarilishi. Fiziologiyaning predmeti va usullari. Fiziologiyaning asosiy maqsadi organizmda kechayotgan turli fiziologik - biokimyoviy jarayonlarni azo, to'qima, hujayra, membrana va organella darajalarida chuqur o'rganish va ularga faol ta'sir qilib, hohlagan tomonga yo'naltirishdan iborat. Fiziologiyani umumiy, qiyosiy va xususiy qismlarga ajratiladi. Umumiy fiziologiya muhit ta'siriga tirik materiya javob berishining umumiy qonuniyatlarini, har bir organizmga xos bo'lgan asosiy hayotiy jarayonlarni o'rganadi, tirik tabiatni o'lik tabiatdan farqlovchi sifat jihatidan o'ziga xos hodisalarni tekshiradi. hujayra fiziologiyasi umumiy fiziologiyaning bo'limlaridan biridir. har xil turlarga mansub organizmlar va individual rivojlanishning turli bosqichlarida turgan bir turga mansub organizmlar funksiyasining o'ziga xosligini solishtirma fiziologiya tekshiradi. Bizning davrimizda evolyutsion fiziologiyaga aylanib borayotgan qiyosiy fiziologiyaning maqsadi funksiyalarning tur va individda rivojlanishi qonuniyatlarini o'rganishdir. Barcha fiziologik materiallarni umumlashtiruvchi fanlar - umumiy fiziologiya va evolyutsion fiziologiyalardan tashqari, fiziologiyaning bo'limlari ham bor. Bularga hayvonlarning ayrim sinf va guruhlari (qishloq xo'jalik hayvonlari, qushlar, hasharotlar) fiziologiyasi, yoki ayrim turlar (qo'y, sigir va b.) fiziologiyasi, ayrim a'zolar (jigar, buyrak, yurak va b.) fiziologiyasi, to'qimalar (asab yoki mushak to'qimasi va b.) fiziologiyasi kiradi. Ko'pincha fiziologiyaning ayrim funksiyalarni o'rganish bilan shug'ullanuvchi sohalarini ham ajratishadi, shuning uchun qon aylanish, ovqat hazm qilish va boshqalar fiziologiyasini fanning maxsus bo'limlari deb aytishadi. Tirik mavjudotlarning har xil guruhlari qancha bo'lsa, turli azo va to'qimalar qancha bo'lsa, xullas tirik organizm faoliyatining turlari nechta bo'lsa, fiziologiyaning xususiy bo'limlari xam ana shuncha. Fiziologiyaning bu bo'limlari o'rganadigan jarayonlarning tafovutlari tekshiriladigan obyektlarning morfologik xususiyatlaridan, ularning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.73 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.73 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga