Fiziologiyaning rivojlanish tarixi

Fiziologiyaning rivojlanish tarixi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Fiziologiyaning rivojlanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Fiziologiyaning rivojlanish tarixi Reja: XVII-XVII asrlarda eksperimental fiziologiyaning paydo bo'lishi va rivojlanishi. XIX asrda fiziologiyaning rivojlanishi. XX asrdagi fiziologiya. O'zbekistonda fiziologiyaning rivojlanishi. XVII-XVII asrlarda eksperimental fiziologiyaning paydo bo'lishi va rivojlanishi. Avvaliga anatomiya, keyinchalik esa fiziologiya rivojlana boshladi, chunki organizm va azo funksiyasini tushunish uchun ularning tuzilishini bilish shart. XVI asrda anatomiya asoschilaridan Vezaliy, shuningdek Servet, Kolombo, Fallopiy va boshqa anatomlar o'tkazgan tadqiqotlar fiziologik kashfiyotlarga, jumladan qon aylanishning kashf etilishiga zamin hozirladi. Keyinchalik ham fiziologiyaning yutuqlari, ayniqsa, uning fan sifatida rivojlangan birinchi davri (XVII-XVII-asrlar) anatomiya muvoffaqiyatlari bilan chambarchas bog'langan. Masalan, limfa tomirlarining kashf etilishi tufayli limfa aylanish jarayoni aniqlanadi; Levenguk va Malpigiy kapilyarlarni topganligi qon aylanish haqidagi tasavvurlar to'g'riligini isbotladi va modda almashinuvida qonning rolini tushunishga asos bo'ldi; bezlarning tuzilishini o'rganish tufayli ularning funksiyasini tekshirish mumkin bo'ldi. XVII-asrning birinchi yarmida fransuz filosofi R.Dekart refleksni kashf etganligi fiziologiyaning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi. Fiziologiya rivojlanishining bu davrida anatomik yo'nalish hukmron edi. Biroq rivojlana boshlagan fizika va kimyo bilan bog'liq bo'lgan tadqiqotlar o'sha vaqtda ham fiziologiya uchun bir qadar ahamiyat kasb etadi: tekshirishning fizik usullarini fiziologiyaga joriy qilishga va organizmda ro'y beradigan hodisalarni mexanika, fizika va kimyo qonunlari bilan tushuntiriga urinib ko'rildi. XYII asr fanida iatrofiziya va iatrokimyo maktablari deb nom olgan qonunlari barcha hayotiy hodisalarni to'la tushuntirib bera oladi deb hisoblashdi. Masalan, «hay-vonlar haqida» degan asar yozgan D.A. Borelli «hayvonlar harakati mexanik hodisalar oqibatida, ular orqali va shu hodisalar asosida sodir bo'ladi» va «barcha hayotiy jara-yonlar anatomiya, fizika va matematikaga asoslanadi» deb aytdi. XYII-XYII asrlarda o'tkazilgan va mexanika, fizika, kimyo bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.71 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.71 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga