Geminolipidoz

Geminolipidoz

O'quvchilarga / Tibbiyot
Geminolipidoz - rasmi

Material tavsifi

Geminolipidoz ta'rifi. Geminolipidoz peroral antroponoz kontagioz gelmintozdir. Etiologiyasi. Uni kichkina (bo'yi 15-30 mm, eni 0,55-0,77 mm) gijja qo'zg'atadi. Uning 4 ta so'rg'ichi bor. Odam bu gijjaga ham oraliq ham asosiy xo'jayin hisoblanadi. U odam ingichka ichagida yashaydi. Epidemiologiyasi. Kasallik manbai kasal odam. Gijja tanasidan ajralgan bo'lakchalar ichida rivojlangan yetuk tuxumlar bo'ladi. Bu tuxumlar bemor najasi bilan tashqariga chiqariladi va atrofdagi har xil buyumlar ifloslanadi. Geminolipidoz ko'pincha hojatxona eshigining bandlari va unitazlar orqali yuqadi. Geminolipidozda bemor ichagida autoinvaziya hodisasi yuz beradi. Ichakda tuxumdan balog'atga etgan gijjalar paydo bo'lishi mumkin. Geminolipidoz qo'zg'atuvchisining tuxumi og'iz orqali odam ichagida tushadi va bir necha davrlarni o'tib, balog'atga etgan gijjaga aylanadi. Avvalo tuxumdan onkosfera paydo bo'ladi, 5-7 kun o'tgach onkosferadan lichinka (tsistinrkoid) chiqadi. Yana 14-15 kun o'tgach balog'atga etgan gijja paydo bo'ladi. Klinikasi. Geminolipidoz bazan belgisiz o'tishi mumkin. Boshqa hollarda bemorlarning boshi og'riydi, ko'ngli ayniydi, bazan qusadi, so'lagi oqadi, jig'ildoni qaynaydi, kekiradi, ishtahasi o'zgaradi va kindik atrofida og'riq sezadi. Qorin og'rishi har kuni kechqurun xuruj qilib bezovta qiladi, bazan bir necha kun og'riq bo'lmasligi mumkin. Bemorning ichi dam suyuq, dam quyuq kelib o'zgarib turadi, najas yalqi aralash bo'ladi. Bemor tajang bo'lib qoladi, ish qobiliyati pasayadi. Patogenezi. Kasallikning kechishi ko'pincha davriy rivojlanish bilan kechadi. Pakana gijjaning rivojlanish sikli odam organizmida ketma-ket rivojlanadigan lichinka va yetuklik bosqichlari bilan xarakterlanadi. Shuning uchun odam bu gelmint uchun oraliq va asosiy xo'jayin hisoblanadi. Gijja odamning ingichka ichagida yashaydi, bo'g'imlarda ajraladigan tuxumda shakllangan embrion bo'lib invazivlik xususiyatiga ega va tashqi muhitda etilishni talab qilmaydi. Odam og'zi va ichagiga tushgan tuxumdan onkosfera ajralib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.71 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.71 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga