Gidrostatika

Gidrostatika

O'quvchilarga / Tibbiyot
Gidrostatika - rasmi

Material tavsifi

Gidrostatika Reja 1. Gidromexanik jarayonlar 2. Muvozanat holatining differensial tenglamasi 3. Gidrostatikaning asosiy tenglamasi 4. Suyuqlik harakatini tafsillovchi asosiy kattaliklar Gidromexanik jarayonlarning mohiyati haqida ma'lumot beriladi. Shu darsda talabalar suyuqlik muvozanat holati shartlari va gidrostatikaning asosiy tenglamasi bilan tanishadilar, hamda bu tenglamaning amaliy ahamiyati haqida tushuncha oladilar. Gidromexanik jarayonlar Ximiya sanoatining barcha tarmoqlarida suyuqlik va gazlarni uzatish, suyuqliklarni aralashtirish, har xil jinsli gaz va suyuqlik aralashmalarini ajratish kabi jarayonlar ko'p uchraydi. Bu jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari bilan ifodalanadi. Gidromexanika qonunlarini va ulardan amalda foydalanish usullarini gidravlika o'rganadi. Gidravlika ikki asosiy qismdan: suyuqliklarning muvozanat qonunlarini o'rganadigan gidrostatika va suyuqliklarning harakat qonunlarini o'rganadigan gidrodinamikadan tashkil topgan. Suyuqliklar oquvchanlik xususiyatiga ega. Suyuqlik go'yo malum hajmga ega, lekin shaklga ega emas (qanday idishga solinsa, o'sha idish shaklini oladi), ammo suyuq massa tashqi kuchlar bo'lmagan sharoitda, faqat molekulyar kuchlar ta'siri ostida shar shaklini oladi. Moddalarning suyuq holati o'z tabiatiga ko'ra, gaz holat bilan qattiq holat o'rtasidagi oraliq o'rinni egallaydi. Suyuqlik va gazlarning harakat tezliklari tovush tezligidan past bo'lgani uchun ularning harakat qonunlari bir xil. Shuning uchun gidravlikada suyuqlik deyilganda gaz ham, suyuqlik ham tushuniladi. Ularni bir-biridan ajratish uchun suyuqliklar tomchili, gazlar esa elastik suyuqlik deb qaraladi. Suyuqlik va gazlar quyidagi xossalari bilan bir-biriga o'xshaydi: 1) suyuqliklar xuddi gazlar kabi malum shaklga ega emas, uning fizik xossalari barcha yo'nalishda bir xil, yani izotropdir; 2) gazlarning qovushoqligi kichik bo'lib, suyuqliklarnikiga yaqinlashadi; 3) kritik temperaturadan yuqori temperaturada suyuqliklar bilan gazlar orasida farq yo'qoladi. Suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlari differensial tenglamalar bilan ifodalanadi. Boshqa sohalarda bo'lgani kabi, gidravlikada ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.83 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.83 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga