Gijja kasalliklari (gelmintozlar) Reja: Gijjalarning odam organizmiga ta'sir qilish mexanizmi Almashinuv jarayonning buzilishi Hozir odam organizmida parazit bo'lib yashaydigan gijjalarning 250 xili malum. Gijjalar Skryabin klassifikatsiyasi bo'yicha 4 guruhga bo'linadi: Nematodlar (uzun yumaloq shaklidagi gijjalar) Tsestodlar (uzun lenta shaklidagi gijjalar) Trematodlar (so'ruvchi gijjalar) Onkotserklar (boshi tikanga o'xshash gijjalar Respublikamiz hududida birinchi 3 guruhga kiradigan gijjalar: nematodlar, tsestodlar va trematodlar ko'p uchraydi. Gijja lichinkasining qanday sharoitda rivojlanishiga qarab, ular qo'zg'atadigan kasalliklarning ikki xili tafovut qilinadi: Geogelmintozlar Biogelmintozlar Kontagioz gelmintozlar Geogelmintozlarda kasallik manbai bo'lib, kasal odamlar hisoblanadi. Gijja tuxumlari manbaa najasi orqali tuproqqa tushadi va odam organizmiga termik ishlov berilmagan sabzavotlar orqali tushadi. Geogelmintozlarni qo'zg'atadigan gijjalarning lichinkalari tuproqda rivojlanadi (askarida, qilbosh gijja) va so'ngra odam organizmida balog'atga etadi va ko'payadi. Biogelmintozlarda kasallik manbai tirik organizmlar (qora mol, cho'chqa, it, mushuklar) bo'lib, gijjalar odam organizmiga go'sht va go'sht mahsulotlari orqali, bazan siydigi va najasi bilan ifloslangan oziq- ovqatlar orqali yuqadi. Parazitning rivojlanishi va ko'payishi bir necha organizmda ro'y beradi. Bunda oraliq xo'jayin va oxirgi, asosiy xo'jayin ajratiladi. Oraliq xo'jayin organizmida rivojlanishning dastlabki davri o'tadi. Asosiy xo'jayin organizmida gijjalar o'sib balog'atga etadi. Kontagioz gelmintozlarda kasallik manbai bo'lib, kasal odamlar hisoblanib, gijja tuxumlari najas orqali tashqariga chiqadi. Gijja tuxumlari iflos qo'llar hamda ifloslangan u yoki bu predmetlar orqali sog'lom odam organizmiga tushadi. Gelmintozlar invaziya manbaiga qarab ikki xilga bo'linadi: Gelmintoz antroponozlar Gelmintozoonozlar Gelmintoantroponozlarda balog'atga etgan gijjalar odam organizmida parazit bo'lib yashaydi. Bunday odam gijja tuxumi va lichinkasini najas orqali chiqaradi (askaridoz, trixotsefalez, tenioz, teniarinxoz). Gelmintozoonozlarda balog'atga etgan gijjalar faqat turli hayvonlar organizmida (exinokokkoz, alveokokkoz) yoki ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.42 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.42 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:53 ]
Arxiv ichida: doc