Ginekologik bemorlarni tekshirish usullari

Ginekologik bemorlarni tekshirish usullari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ginekologik bemorlarni tekshirish usullari - rasmi

Material tavsifi

Ginekologik bemorlarni tekshirish usullari Reja: Ginekologik bemorlarni subyektiv tekshirish usullari Akusherlik-ginekologik anamnez Ginekologik bemorlarni obyektiv Tekshirish usullari Tashqi jinsiy a'zolarni ko'zdan Kechirish Ko'zgular yordamida tekshirish Qin orqali tekshirish (ichki) Ginekologiyada qo'shimcha Tekshirish usullari Ginekologik kasalliklar subyektiv (shikoyatlar, anamnez) va obyektiv tekshirish ma'lumotlariga asosan aniqlanadi (diagnoz qo'yiladi). Ginekologik bemorlarni obyektiv tekshirish umumiy va maxsus tekshirishdan iboratdir. Maxsus tekshirish 2 qismdan iborat: 1. Asosiy tekshirish usullari: tashqi jinsiy a'zolarni ko'zdan kechirish, ko'zgular yordamida tekshirish, qin orqali tekshirish: a) qinni tekshirish, b) ikki qo'llab qin va ichki jinsiy a'zolarni tekshirish - bimanual (vaginal-abdominal tekshirish), to'g'ri ichak orqali tekshirish: a) rektal va rekto - abdominal yo'l bilan tekshirish. b) rekto - vaginal yo'l bilan tekshirish. 2. Qo'shimcha tekshirish usullari: kolposkopiya, bachadonni zond lash, qin orqa gumbazi orqali qorin bo'shlig'ini punktsiya qilish, biopsiya, rentgenologik tekshiruv, ultratovush tekshiruvi, laboratoriya usulida tek shirish (siydik chiqarish kanalidan, qindan, bachadon bo'ynidan laboratoriya tekshiruvi uchun surtma olish, qon va siydik tahlillari), endoskopik tekshiruv, funksional diagnostik tekshiruv usullaridan iborat. GINEKOLOGIK BEMORLARNI SUBYEKTIV TEKSHIRISH USULLARI Bemorning asosiy shikoyatlarini bilib, oldingi hayoti va boshdan ke chirgan kasalliklari to'g'risida, ushbu kasallikning qanday boshlanganligi to'g'risida ma'lumotlar olinadi. Dastlab umumiy ma'lumotlarni: bemorning familiyasi, ismi, otasining ismi, oilaviy ahvoli, kasbkori, yoshi, turmushi va ovqatlanish sharoitlari, zararli odatlari bor yo'qligini bilish kerak. Bemorning yoshi muhim ahamiyatga ega, chunki bitta simptomning o'zi ayol kishi hayotining turli davrlarida har xil kasalliklarning belgisi bo'lishi mumkin. Bemorning kasb-kori, mehnat sharoitlarini bilish ko'pgina patologik, jarayonlarning sabablarini aniqlab olishga yordam beradi. Masalan: Og'ir yuk ko'tarish, tik oyoqda uzoq turib ishlash ayol kishi jinsiy a'zolarining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.32 MB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:53 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.32 MB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga