Ginekologik kasalligi bo'lgan mijozlarga ko'rsatiladigan hamshiralik parvarishining o'ziga xos xususiyatlari Reja: Ayol jinsiy a'zolari kasalliklarining hozirdagi holati Ginekologik bemorlarga tashqi omillarning ta'siri Jinsiy a'zolar kasalliklarida mijozlarning xususiyatlari Hamshiralik parvarishining o'rni va maqsadi Ginekologiya (gyne - ayol, logos - ta'limot) ayollar jinsiy a'zolarin ing fiziologiyasi va patologiyasini o'rganuvchi fandir. Ginekologiya terapiya, xirurgiya va boshqa tibbiy fanlar bilan birgalikda klinik meditsinaning asosini tashkil etuvchi ixtisoslar jumlasiga kiradi. Ginekologiya bo'limi ixtisoslashtirilgan turli statsionarlar tarkibiga (ko'p tarmoqli shifoxonalar, tug'ruq komplekslari, onkologik, silga qarshi kurash, endokrinologik dispanserlar) kirishi mumkin. Umumiy ixtisosdagi ginekologiya bo'limi xirurgik yo'l bilan davolanishga va konservativ yo'l bilan davolanishga muhtoj kasallarga mo'ljallangan bo'limlardan iborat: qabul bo'limi, palatalar, tekshirib ko'rish, bog'lash, muolaja xonalar, oshxona, xodimlar xonasi, meditsina hamshirasi postlari, katta va kichik operatsiya xonalari, operatsiyadan keyingi xona, endoskopik xona, tuvak va kleyonkalar yuviladigan va quritadigan xonalar. Asosiy hujjatlar: Registratsiya qilish jurnali. Kasallik tarixi F №003U. Homiladorlikni to'xtatish (abort) tibbiy kartasi F №027U. Statsionardan chiqish varaqasi F № 027u. Perinatal o'lim to'g'risida guvohnoma F № 106 - 2u. O'lim to'g'risida guvohnoma F - 106 U AYOL JINSIY A'ZOLARI KASALLIKLARINING HOZIRDAGI HOLATI Ayol jinsiy a'zolar kasalliklari orasida tuzaladigan va tuzalmaydigan kasalliklar mavjud. Tibbiyot rivojlanishi bilan ba'zi tuzatib bo'lmaydigan kasalliklarning ham, hozirgi kunda davosi topilmoqda. Hozirgi kunda tibbiyotda yaratilayotgan dori vositalardan kasalliklarni davolashda samarali foydalanilmoqda. Jarrohlik amaliyoti zarur bo'lganda yangi tibbiy texnologiyalardan laparoskopiya yordamida a'zolarni davolash va jarohatni olib tashlashda qo'llanilmoqda. Shu bois a'zolar amputatsiyasi kamaydi. Bunday jarrohlik usulidan so'ng, bemorni shu kuni uyga qaytarish imkoniyati bo'lib, tez muddatda sog'ayish kuzatilmoqda. Ammo ba'zi xavfli o'smalar va ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.45 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:53
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.45 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:53 ]
Arxiv ichida: docx