Gipertoniya xafaqon kasalligi Reja: Arterial gipertenziya tasnifi Ateroskleroz Gipertoniya (essensial yoki haqiqiy gipertenziya) kasalligining asosiy belgisi maksimal va minimal arterial bosimning ko'tarilishi bilan bog'liq holda, organizm yoki a'zolarda hech qanday organik o'zgarishlarsiz, tomirlar tonusining boshqarilishi va yurak faoliyatining izdan chiqishi hisoblanadi. Etiologiyasi va patogenezi. Kasallikning sabablari va shakllanish mexanizmlari oxirigacha aniqlanmagan. Irsiy moyillik bilan ba'zi bir tashqi omillar ta'sirining birgalikda qo'shilib kelishiga hal qiluvchi ahamiyat beriladi. Gipertoniya kasalligi patogenezida simpatik-adrenal sistema faolligining oshishi va adrenoretseptorlar sezuvchanligining o'zgarishi katta rol o'ynaydi. Buyrakda qon aylanishining buzilishi va qonda arterial bosimni oshiradigan modda (renin)ning paydo bo'lishi patogenezning muhim zvenolaridan biri hisoblanadi. Gipertoniya kasalligi etiologiyasi va patogenezida irsiy omillar va ijtimoiy muhit, kasbkor, endokrin o'zgarishlar (yog' bosish, diabet, gonadalar funksiyasining buzilishi, ayniqsa, klimatrik davrda va h.k) ga katta ahamiyat beriladi. Arterial gi pertenziyaning ichki a'zolarni zararlashi bilan bog'liq tasnifi Jahon Sog'liqni Saqlash tashkiloti (JSST) (VOZ) va Butundunyo jamiyatining gipertenziya bo'yicha 1993- yil tavsiyasi. bosqich: ichki a'zolarda obyektiv zararlanish belgilaribo'lmasligi. bosqich: quyidagi organlar birortasining zararlanishbelgilari: - chap qorincha gipertrofiyasi (R gr, EKG va EXOKG); - qorachiq arteriyasining markazlashgan va lokal torayishi; - proteinuriya va plazmada kreatinin konsentratsiyasining ozgina oshishi (1,2-2,0 mgdl); - aortalar, uyqu, yonbosh va son arteriyalari ateroskleritik zararlanishning ultratovushli yoki angiografik belgilari. bosqich: ichki a'zolar zararlanishining bir necha simp-tomlari, asosan: - yurak: stenokardiya, miokard infarqti , yurak yetishmovchiligi; - bosh miya: miya qon aylanishining vaqtincha buzilishi, insult, gipertonik ensofalopatiya; - ko'z tubi: ko'rish nervi o'simtasiga qon quyilishi va shishli, ekssudat; - buyrak, plazmada kreatinin konsentratsiyasi 2,0 mgdl dan yuqori, buyrak yetishmovchiligi; - tomirlar: ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.86 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.86 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:55 ]
Arxiv ichida: docx