Gipoavitaminozlar Reja: Vitamin yetishmovchiligi Suvda eriydigan vita'minlar Yog'da eriydigan vita'minlar Vitamin bilan davolash Vita'minlar - odam ovqat ratsionining eng muhim tarkibiy qismidir. Vitaminning kashf etilishi rus olimi N.I. Lunin nomi bilan bog'liq. U oziq-ovqat mahsulotlarida hayot uchun zarur bo'lgan qandaydir boshqa moddalar borligini 1880- yil tajribada isbotlab berdi. Vitamin terminini polyak olimi K. Futk 1912- yil taklif etgan. Vita'minlarning organizmda bo'lishi turli organlar va sistemalarning to'la qimmatli hayot faoliyati uchun mutlaqo zarur. Odam vita'minlarni o'simliklardan tayyorlangan ovqat yoki hayvonot mahsulotlaridan oladi, ularda vita'minlar hayvon organizmiga o'simliklardan tushib, hayvonning hayot faoliyati jarayonida to'planib boradi. Ba'zi vita'minlarning fiziologik talabdan ortiqroq ishlatilishi yomon oqibatlariga olib kelishi - gipervitaminozga sabab bo'lishi mumkin. Dastlab vitamin shartli ravishda lotin alifbosining bosh harflari: A, B, C, D, E va hokazo bilan belgilangan. Keyinchalik, vita'minlarning kimyoviy tuzilishiga binoan xalqaro yagona nomi qabul qilindi. Vitamin suvda eriydigan, yog'da eriydigan va vitaminsimon birikmalarga ajratiladi. Bir qator vita'minlarning bir modda shaklida uchrashi aniqlandi. Vita'minlardan tashqari organizmda turli o'zgarishlarga uchrab, vitaminga aylanadigan moddalar - provita'minlar ham ma'lum. Tuzilishi jihatdan vitaminga yaqin kimyoviy moddalar ham bor, biroq bu vitamin analoglari organizmga zararli ta'sir qilishi tufayli antivita'minlar degan nom olgan. Ba'zi dori moddalar (antibiotiklar, sulfanilamidlar va boshqalar) antivita'minlardir. Vitamin yetishmovchiligi Vitamin yetishmovchiligi - odam iste'mol qiladigan ovqat tarkibida vita'minlarning yetarlicha bo'lmasligi, ularni o'zlashtirishning buzilishi yoki ichak mikroorganizmlari tomonidan vita'minlar sintez qilishining pasayishi sababli kelib chiqadigan kasallik holati. Doim bir xil ovqat yeyish (ayniqsa, tozalangan, quritilgan ovqat, konserva mahsulotlarini muntazam iste'mol qilish) oqibatida ovqatda yangi sabzavot va mevalar bo'lmasligi, shuningdek, mahsulotlarni noto'g'ri saqlash va ovqat ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.06 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.06 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:55 ]
Arxiv ichida: docx