Gistologiya fani, vazifalari rivojlanish tarixi Reja: 1. Gistologiya fani va uning vazifalari. 2. Gistologiyani boshqa tabiiy fanlar bilan aloqasi. 3. Gistologiyaning rivojlanish tarixini asosiy bosqichlari. 4. Gistologiyada qo'llaniladigan tadqiqot usullari. Gistologiya (yunoncha hystos- to'qima, logos- fan, ta'limot) fani hujayra, to'qima va organ (a'zo)larning taraqqiyoti, tuzilishi va ularning hayot faoliyatidagi turli jarayonlarni o'rganivchi ta'limotdir. Gistologiya fani biologiyaning turli sohalari va anatomiya, qiyosiy anatomiya kabi tibbiyot fanlari bilan uzviy bog'liqdir. hozirgi paytda gistologiya sitalogiya, embralogiya, umumiy va xususiy gistologiyani o'z ichiga oladi. Sitalogiya o'simlik, hayvon va odamlar hujayralarining tarqqiyoti, tuzilishi va funksiyasinio'rgansa, embriologiya (embryon- pusht, o'suvchi) odamlar va hayvonlar taraqqiyot qonunlarini, embrionning turli taraqqiyot bosqichidagi tuzilishlarini o'rganadi. Umumiy gistologiya tirik organizmlar tarkibidagi turli to'qimalarning taraqqiyoti, tuzilishi va vazifalarini talqin etadi. Xususiy gistologiya esa, odam va hayvonlar organizmining ayrim a'zolari sistemalarining taraqqiyoti tuzilishi va hayot faoliyatini o'rganadi. Gistologiyani bunday alohida kurslarga bo'lib o'rganish shartli hisoblanadi. Chunki, organizm bir butun bo'lib, undagi organ va sistemalar o'zaro bir-birlari bilan marfo-funksional jihatdan uzviy bog'langandlar. Organizmlarning tuzilishi va funksiyasini negizini hujayralar to'qimalarni tashkil etsa, har bir organ (a'zo) va sistemalar bir necha xil to'qimalar majmuasidan iboratdir. Gistologiyani o'rganishda, asosan, mikroskopik usuldan foydalaniladi. Elektron mikroskopning yaratilishi to'qima va a'zolarning eng nozik tuzilishi ultrastrukturasini o'rganish uchun keng yo'l ochib berdi. To'qimalarning taraqqiyoti (gistogenez) tuzilishini o'rganish CH.Darvinning evalyusion ta'limotiga asoslanib, tashqi muhit bilan chambarchas bog'liq bo'lgan holda organizmning bir buto'nligi nuqtai nazardan olib boriladi. Gistologiyani funksional tomondan yondashib o'rganish zamonaviy gistologiyaga xos bo'lib, hujayra, to'qima va a'zolar tuzilishini funksiyaga bog'liq holda o'rganadigan fanni - gistofiziologiya deyiladi. Gistologiya fanining muhim vazifalari: ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.53 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.53 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:55 ]
Arxiv ichida: doc