Giyohvandda abstinensiya holati Agar giyohvand o'z ixtiyori bilan yoki majburiy ravishda narkotik qabul qilishni to'xtatsa birinchi kunning oxiri va ikkinchi kunning boshida unda abstinensiya holati vujudga keladi. Abstinensiya giyohvandlikka xos bo'lgan juda og'ir kasallik holatidir. Oddiy xalq tilida aytganda o'rgangan narkotikni qabul qilmaslik natijasida giyohvandning xumori tutadi. Bu holat nafaqat giyohvandda, balki toksikomanda, nos otuvchida, tamaki chekuvchida, spirtli ichimlikni muntazam iste'mol qilishga o'rgangan piyonistalarda ham yuzaga keladi. Abstinensiya holati quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: Abstinensiyaning birinchi kuni bemor tez-tez esnaydi, ko'zidan yosh oqadi, og'zidan so'lak ajralishi ko'payadi, burundan suv kelib, tez-tez aksiradi. Abstinensiyaning ikkinchi kuni bemorning tana harorati ko'tariladi, u qaltiraydi, ko'p terlaydi, oyoq - qo'l bo'g'imlari qotib qolganday bo'lib harakatlanish qiyinlashadi. Abstinensiyanng uchinchi kuni bemorning ko'ngli aynib qusadi, ichi ketadi, jag' muskullari tirishib og'riydi, og'zini ochib-yopish qiyinlashadi, qo'l-oyoq muskullari tirishadi va og'riydi. Abstinensiyaning to'rtinchi-beshinchi kunlari bemorning ruhiyati buziladi, ko'ziga qo'rqinchli narsalar ko'rinadi, qulog'iga qo'rqinchli tovushlar eshitiladi (ya'ni ko'rish va eshitish gallyutsinatsiyalari yuzaga keladi), u baqiradi, so'kinadi, narkotik beringlar deb yalinadi, bermasalariig o'ldiraman deb qo'liga to'g'ri kelgan narsani otadi, boshini devorga urib yig'laydi. Abstinensiyaning oltinchi-yettinchi kunlari bemor ruhiyatining buzilishi cho'qqisiga yetadi.U fikrlash qobiliyatini butunlay yo'qotadi, ya'ni jinni odamga o'xshab qoladi.Shifoxona yoki uyida qamab qo'yilgan bo'lsa eshik-derazani sindirib qochishga harakat qiladi, yo'lini to'sgan yoki ushlamoqchi bo'lgan odamni qo'liga tushgan narsa bilan uradi, hatto o'ldirishdan ham toymaydi. Shifoxona yoki uyidan chiqib qochgan giyohvand bemor narkotik topish va qabul qilish uchun o'zining sheriklari yoki narkotik sotuvchining oldiga boradi. Agar u narkotikni pulsiz yoki qarzga topa olmasa pul topish uchun o'g'irlik qiladi. Irodasi kuchli, bu ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.7 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.7 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:56 ]
Arxiv ichida: doc