Giyohvandlik kasalligining belgilari Narkotik qabul qilgan paytda odamda kayf qilish holati vujudga keladi. Bu holat ikki xil belgilar bilan namoyon bo'ladi: 1. Kayfning qo'zg'aluvchanlik turi. 2. Kayfning bo'shashuvchanlik turi. Kayfning qo'zg'aluvchanlik turida narkotik qabul qilingandan keyin odam ko'p harakat qiladi, ko'p gapiradi, gaplari qovushmaydi, savolga ma'noli javob qaytaraolmaydi. Tez jahli chiqadi, atrofdagilarga qo'pol muomalada bo'ladi, asossiz janjal chiqaradi. yoki aksincha. kayfiyati yaxshi bo'lib, o'z-o'zidan kulaveradi, atrofdagilarga mehribonlik qiladi, qo'lidagi yaxshi narsalarni saxiylik bilan ulashadi. Kayfning bo'shashish turida narkotik qabul qilgandan keyin odam karaxt bo'ladi, bo'shashadi, kam harakat qiladi, uni uyqu bosadi, kam gapiradi, gaplari mazmunsiz bo'ladi. Tanasini tutish muvozanati buziladi, yurganda gandiraklaydi, atrofdagi voqealarga befarq bo'ladi, u hech narsa bilan qiziqmaydi. yotib uxlaydi. Kayfni qo'zg'alish yoki bo'shashish turlarining har ikkalasida quyidagi qo'shimcha belgilar ko'zga tashlanadi: rangi qizaradi, ko'p terlaydi, ko'zlarining pardasi xiralashadi (yaltirab turmaydi) ko'ziga qon quyiladi, ya'ni ko'z oq pardasining qon tomirlari kengayib, ko'zlari qizaradi, ko'z qorachiqlari kengayadi, ularning yorug'lik ta'sirida kengayib-torayish reaksiyasi buziladi (normada ko'z qorachig'i yorug'lik ta'sirida torayadi, qorong'ulikda kengayadi). Bu belgilar giyohvandning yaqin odamlarini bezovta qilishi kasallikning boshlanish davridayoq chora ko'rishga undashi lozim. Giyohvand o'smir yuzida, boshqa o'smirlarga nisbatan, husunbuzar donachalar ko'p bo'ladi, ko'z osti terisi shishib, osilib qoladi, ko'zning oq pardasi va tishlari sarg'ayadi, tishlari chiriy boshlaydi, xotirasi pasayadi, mashg'ulotlarga qiziqmay qo'yadi, she'r yodlay olmaydi, matematika masala larini yecha olmaydi, natijada o'zlashtirishi pasayadi.Darslarga, to'garak va sport mashg'ulotlariga, jamoatchilik tadbirlariga qatnashmaydi. Uning asosiy fikri pul topish, narkotik sotib olib qabul qilishga qaratiladi. Pul topish uchun o'smir avval o'zining buyumlarini sotadi, so'ngra uyidagi buyumlarni ota-onasidan yashirib sotadi, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.99 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.99 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:56 ]
Arxiv ichida: doc