Giyohvandlik REJA: 1. Giyohvandlik haqida tushuncha. 2. Giyohvandlikning sabablari, belgilari, kechish davrlari. 3. Giyohvandda abstinensiya holati. 4. Giyohvandlikning oqibati. 5. Giyohvandning ijtimoiy qiyofasi. 6. Giyohvandni davolash. 7. Giyohvandlikning oldini olish. Giyohvandlik haqida tushuncha. Giyohvandlik-turli xil giyoh moddalari ya'ni, narkotiklar ta'siriga odam organizmining o'rganib qolishi natijasida yuzaga keladigan og'ir kasallikdir. Giyohvandlikning xalqaro atamasi narkomaniya deyilib, bu so'z yunoncha «narke» - karaxtlik, harakatsizlik, «maniya»-aqldan ozish ma'nosini anglatadi. Chunonchi, narkotik moddani qabul qilgan odam karaxt bo'lib, harakatsizlanib fikrlash, aqliy faoliyat qobiliyatlarini yo'qotadi. Odam organizmining biologik xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u ba'zi moddalarni ketma-ket, bir necha marta qabul qilishi natijasida ularning ta'siriga o'rganib qoladi. Oqibatda, u mazkur moddani muntazam ravishda qabul qilib turishga intiladi, bu moddani qabul qilmagan paytda o'zini yomon his etadi, ya'ni odam bu moddaga nisbatan mu'te bo'lib qoladi. Odam organizmining o'rganib, mu'te bo'lib qolish xususiyati ayniqsa narkotik moddalarga nisbatan kuchli bo'ladi.Buning oqibatida odamda giyohvandlik (narkomaniya) kasalligi vujudga keladi. Shuningdek, spirtli ichimliklarga o'rganib qolish tufayli piyonistalik (alkogolizm), tamaki (sigaret)ga, nosga o'rganib qolish natijasida kashandalik holatlari yuzaga keladi. XX asrning oxirgi choragida avj olgan giyohvandlik XXI-asrning vabosiga aylanib borayotgani Birlashgan Millatlar tashkilotining 1998 yilning iyun oyidagi sessiyasida e'tirof etildi va bu ijtimoiy illatga qarshi kurashni kuchaytirish bo'yicha qaror qabul qilindi.Shu bois, hozirgi kunda jahon mamlakatlari, jumladan O'zbekiston Respublikasi keng jamoatchiligi oldiga qo'yilgan eng dolzarb muammolardan biri giyohvandlikning oldini olishdan iboratdir. Giyohvandlikning sabablari, belgilari, kechish davrlari. Giyohvandlikni yuzaga kelishi bir nechta sabablarga bog'liq. Ulardan quyidagilarni misol sifatida ko'rsatish mumkin. Giyohvandlikni yuzaga keltiruvchi birinchi ko'p uchraydigan sabab o'smirlarga xosdir. O'smirlar ulfatbozlikka ishqiboz bo'ladilar. Ular 3-4 ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
163.19 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
163.19 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:56 ]
Arxiv ichida: doc