Giyohvandlikning sabablari Giyohvandlikni yuzaga kelishi bir nechta sabablarga bog'liq. Ulardan quyidagilarni misol sifatida ko'rsatish mumkin. Giyohvandlikni yuzaga keltiruvchi birinchi ko'p uchraydigan sabab o'smirlarga xosdir. O'smirlar ulfatvozlikka ishqiboz bo'ladilar. Ular 3-4 nafar bo'lib suhbatlashib, ko'chalarda sayr qilishga qiziqadilar. Shu ulfatvozlik jarayonida o'smirlar guruhi orasiga bironta tajribali giyohvand qo'shilib qolsa, u boshqalarga giyoh moddasini qabul qilishni bepul muruvvat qiladi. Giyoh moddasini 2-3-4 marta qabul qilgan o'smir, uning ta'siriga o'rganib qoladi. Natijada u giyohvandga aylanadi va giyoh moddasini qabul qilmasa chiday olmay qoladi. Ya'ni xumor tutadi. Kuzatuvlarda isbotlanishiga ko'ra, bitta giyohvand bir yilda o'rtacha 5 nafar sog'lom o'smir yoshlarni giyohvandlikka o'rgatadi. Giyohvand odam xudbin bo'ladi. U o'zining kasalligini iloji boricha ko'proq odamlarga yuqtirishga harakat qiladi. Buning uchun tajribali giyohvand o'smir yoshdagilar bilan o'rtoq kirishga, ularning guruhiga qo'shilib olishga intiladi. Chunki, u qanchalik ko'proq yoshlarni giyohvandlikka o'rgatsa, giyoh moddani sotib olish va qabul qilish uchun unga shunchalik yaxshi imkoniyat tug'iladi. Giyohvandlikka yangi o'rgangan har bir o'smir tajribali giyohvand uchun pul manba'i hisoblanadi, ya'ni u avvaliga ota-onasidan olgan puliga giyoh moddasini sotib olib, uni o'rgatgan «ustozi» bilan baham ko'radi. Keyinchalik ota-onasidan olgan puli yetishmaydi, chunki giyohvand organizmini giyoh moddasiga ehtiyoji haftadan-haftaga, oydan-oyga oshib boradi. Bu ehtiyojni qondirish uchun avvaliga o'smir o'z uyidagi buyumlarni o'g'irlab sotishga, keyinchalik esa boshqalarning o'yini o'g'irlashga, kissavurlikka va boshqa qonunbuzarlik yo'llari orqali pul topib, narkotik sotib olish va qabul qilishga majbur bo'ladi. Shunday qilib giyohvand changaliga tasodifan kirib qolgan sog'lom o'smir ikki-uch oy davomida ashaddiy giyohvandga aylanadi. Giyohvandlikka eng beriluvchanlik 15-25 yoshdagi o'smirlar va yoshlarda uchraydi. O'smir avvaliga tamaki chekish, spirtli ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.93 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.93 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:56 ]
Arxiv ichida: doc